Jamiyat

Prezident Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi institutiga tashrif buyurdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev 20 iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutiga tashrif buyurdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 20 iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutiga tashrif buyurdi. - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Davlat rahbari Yadro fizikasi instituti joylashgan Ulugʻbek shaharchasining Bosh rejasini ishlab chiqish boʻyicha topshiriq berdi.

TOSHKENT, 20 iyul – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 20 iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutiga tashrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

“Energiya hosil qiluvchi quvvatlarni koʻpaytirish, energetika sohasini diversifikatsiya qilish maqsadida mamlakatimizda atom energiya stantsiyasi qurishga kirishildi. Yuqori texnologiyalarga asoslangan bu vazifani amalga oshirish uchun zamonaviy bilimlarni chuqur egallagan mutaxassislar talab etiladi. Shu bois Toshkentda Moskva muhandislik-fizika instituti filialini ochish moʻljallanmoqda. Ushbu taʼlim muassasasini Yadro fizikasi instituti hududida joylashtirish rejalashtirilmoqda”,- deyiladi xabarda.

Uchastok izgotovleniya toplivnыx tabletok dioksida urana - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda  Atom energetikasini rivojlantirish agentligi tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev shu boradagi loyihalar bilan tanishdi. Oʻquv binolari va laboratoriyalarni jahon standartlari asosida qurish, eng zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash zarurligini taʼkidladi.

Davlat rahbari Yadro fizikasi instituti joylashgan Ulugʻbek shaharchasining Bosh rejasini ishlab chiqish boʻyicha topshiriq berdi.

“Bu shaharcha olimlar shaharchasi boʻlishi kerak. Yaqin vaqtlarda bu yerga boshqa ilmiy-tadqiqot institutlarini ham koʻchiramiz. Olimlar uchun, ilm-fan rivoji uchun hamma sharoitlarni yaratib beramiz”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident shaharcha hududini kengaytirib, institutlar uchun binolar, yangi uy-joylar, maktab va dam olish maskanlari qurish, shahar markazi bilan transport qatnovini yaxshilash, yer usti metrosi olib kelish zarurligini taʼkidladi.

Yangiliklar lentasi
0