TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Muratti korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan kolbasa mahsulotlari Oman va Birlashgan Arab Amirligiga eksport qilinadi, deb xabar qildi Podrobno.uz internet nashri.
Korxona mahsulot ishlab chiqarish hajmini kuniga ikki tonnadan to‘rt tonnagacha oshirishni rejalashtirgan. Buning uchun BAAdan 1,7 million dollarlik moliyaviy resurslar jalb qilindi.
Arab Amirlik mutaxassislar O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni tekshirib chiqishgandan so‘ng qo‘shma ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish taklif qilindi. Uning sifati va narxi, Xitoy importi bilan solishtirilganda, mehmonlarga to‘liq ma’qul bo‘ldi.
Toshkent shahar hokim vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘tgan haftada o‘tkazilgan uchrashuv chog‘ida Uchtepa tumanida ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida yer uchastkasini ajratish masalasini ko‘rib chiqdi.