Pishloq, kolbasa va muzqaymoq uchun import aksizlari 2 baravar kamayadi

© Sputnik / Sergey Malgavko / Mediabankka o‘tishFermerskoe xozaystvo v Krimu
Fermerskoe xozaystvo v Krimu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2019 yildan boshlab import qilinadigan pishloq, kolbasa va muzqaymoq uchun aksizlar 2 baravarga kamayadi.

TOShKENT, 3-iyul – TOShKENT. O‘zbekiston prezidentining qaroriga asosan, 2019-yilning birinchi yanvaridan boshlab bir qator import qilinadigan oziq-ovqatlar uchun aksiz soliqlari ikki baravar pasaytiriladi.

Xususan, import qilinadigan pishloq va kolbasalar uchun aksiz solig‘i 20% dan 10% gacha, xorijiy muzqaymoq uchun 30 %dan 15 %gacha tushiriladi.

Ushbu chorlarar bozor iqtisodini rivojlantirish, O‘zbekistonda ishlab chiqarilmayotgan mahsulotlarni aholi uchun hamonbop qilishga qaratilgan.

Ikkinchidan, alohida yuridik shaxslarga berilayotgan soliq va boj imtiyozlari bekor qilinadi. Buning natijasida sog‘lom raqobat rivojlanishi va budjetga qo‘shimcha mablag‘ kelib tushishi kutimoqda.

Yangiliklar lentasi
0