O‘zbekiston Elchixonasi xodimi ochlik e’lon qilgan Ma’rufjon Shakarov bilan uchrashdi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishSotrudnik sledstvennogo izolyatora
Sotrudnik sledstvennogo izolyatora - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuv chog‘ida M.Shakarov sog‘ligidan shikoyat qilmadi. Har kuni SIZO rahbariyati u bilan suhbat o‘tkazmoqda, vrach tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqda.

TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. 2018-yil 18-iyul kuni O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi Konsullik bo‘limi xodimi O‘zbekiston fuqarosi Ma’rufjon Shakarovga huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida Moskva shahridagi Jazoni ijro etish federal xizmatining 1-tergov izolyatoriga (SIZO-1) tashrif buyurdi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.

SIZO - Sputnik O‘zbekiston
TIV Moskva qamoqxonasida ochlik e’lon qilgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘yicha bayonot berdi

Uchrashuv chog‘ida M.Shakarov sog‘ligidan shikoyat qilmadi. Har kuni SIZO rahbariyati u bilan suhbat o‘tkazmoqda, vrach tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqda. Tez tibbiy yordam ko‘rsatishni talab qiluvchi holatlar mavjud emas.

SIZO-1 rahbariyati bergan izohga ko‘ra, agar M.Shakarov ochlik holatini to‘xtatsa, sog‘ligini tiklashi uchun tibbiy bo‘limga joylashtiriladi.

Ilgariroq, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Moskva shahridagi qamoqxonada saqlanayotgan Ma’rufjon Shakarov haqida navbatdagi rasmiy bayonot e’lon qilgandi.

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi Ma’rufjonga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga, Moskva shahridagi sud organlariga rasmiy murojaat bilan chiqqan.

Natijada 2018-yil 14-iyundagi Moskva shahar sudining apellyatsiya instansiyasi ajrimiga ko‘ra, Shakarovning qilmishida "keyinchalik o‘tkazish (masalan, sotish) maqsadi bo‘lmaganligi" uchun jinoyat ishi qayta malakalangan hamda 2017-yil 13-dekabr kuni unga berilgan 10-yillik qamoq jazosi 5-yilga kamaytirilgan.

2018 yil 14-iyul kuni Elchixona konsullik bo‘limi xodimining Moskva shahar Jazoni ijro etish federal xizmati 1-tergov izolyatori rahbariyati bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida M.Shakarov ochlik e’lon qilgani va shu munosabat bilan, o‘rnatilgan tartibga ko‘ra, u doimiy videokuzatuv ostidagi alohida kameraga o‘tkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0