TIV Moskva qamoqxonasida ochlik e’lon qilgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘yicha bayonot berdi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishSIZO
SIZO - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston elchixonasi Moskva qamoqxonasida ochlik e’lon qilgan O‘zbekiston fuqarosi ishini nazoratiga oldi.

TOShKENT, 17-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Moskva qamoqxonasida bir oydan ortiq vaqtdan bo‘yon ochlikni davom ettirayotgan o‘zbekistonlik Ma’rufjon Shakarov masalasi bo‘yicha izoh berdi.  

SIZO - Sputnik O‘zbekiston
"Matrosskaya Tishina" qamoqxonasida O‘zbekiston fuqarosi ochlik e’lon qildi

Rossiya Federatsiyasida o‘tkazish maqsadini ko‘zlab katta miqdorda giyovandlik vositalarini saqlashda ayblangan, 1996-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Ma’rufjon Shakarovga yordam ko‘rsatish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Bosh prokuratura bilan hamkorlikda tegishli protsessual harakatlarni amalga oshirmoqda.

Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi Ma’rufjonga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga, Moskva shahridagi sud organlariga rasmiy murojaat bilan chiqqan.

Natijada 2018-yil 14-iyundagi Moskva shahar sudining apellyatsiya instansiyasi ajrimiga ko‘ra, Shakarovning qilmishida "keyinchalik o‘tkazish (masalan, sotish) maqsadi bo‘lmaganligi" uchun jinoyat ishi qayta malakalangan hamda 2017-yil 13-dekabr kuni unga berilgan 10-yillik qamoq jazosi 5-yilga kamaytirilgan.

14 iyul kuni O‘zbekiston elchixonasi vakili Ma’rufjon saqlanayotgan 1-raqamli jazoni ijro etish muassasasi rahbariyati bilan telefon orqali suhbatlashganda, u apellyatsiya ajrimidan norozi bo‘lgani sababli ochlik e’lon qilgani, tartibga ko‘ra, uni bir kishilik kameraga olib o‘tishgani, u doimiy videokuzatuv hamda tibbiy xodimlar nazoratida bo‘lib turgani, uning bugungi kundagi sog‘lig‘ida jiddiy muammolar yo‘qligini ma’lum qilishgan.

Yaqin kunlarda Ma’rufjonning onasi va xolasini Ma’rufjon bilan uchrashtirish ishlari tashkil qilinishi kutilmoqda.

Moskva Preobrajensk tumani hukmi kuchga kirgandan so‘ng konsullik xodimiga Shakarov bilan uchrashishga ruxsat beriladi. Ushbu masala elchixona konsullik bo‘limi tomonidan nazoratga olingan.

Yangiliklar lentasi
0