Toshkentning yana to‘rt joyida radarlar o‘rnatildi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishKamera fiksatsii narusheniy na doroge
Kamera fiksatsii narusheniy na doroge - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining tahlillariga ko‘ra, ko‘pincha haydovchilarning tezlikni belgilangan meyordan oshirganligi sababli, yo‘l transporti hodisalari sodir bo‘lmoqda.

TOShKENT, 19-iyul - Sputnik. Toshkentning yana to‘rt joyida radarlar o‘rnatildi, deb xabar berdi Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati.

Rabota inspektora GIBDD - Sputnik O‘zbekiston
DANX xodimlariga qo‘l radari ishlatish ta’qiqlandi

Radarlar Ibn Sino mavzesi qarshisidagi Zangiota tumani “Chig‘atoy Oq tepa” MChJ (taxta bozor) yaqinida, “Gilamsaroy”, “Maroqand” to‘yxonasi qarshisida, Toshkent halqa yo‘li yo‘l qurilish bo‘linmasida va Dehqonobod yo‘li kesishmasida (Yunusobod tumani) o‘rnatildi.

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining tahlillariga ko‘ra, ko‘pincha haydovchilarning tezlikni belgilangan meyordan oshirganligi sababli, yo‘l transporti hodisalari sodir bo‘lmoqda.

Boshqarma aynan qaysi hududlarda ko‘proq yo‘l transport hodisalari sodir bo‘layotganini aniqlab, u yerlarga tezlikni qayd etuvchi radarlar o‘rnatib bormoqda.

Yangiliklar lentasi
0