TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Rossiyada Davlat avtomobil nazorati xizmati, rejaga ko‘ra, avtomatik tezlik o‘lchash asboblari ishlatishga o‘tmoqda. Poraxo‘rlikni oldini olish maqsadida, ayrim viloyatlarda qo‘l radari ishlatish butunlay ta’qiqlangan.
Ushbu yilning 10-iyulidan boshlab Samara va Rostov viloyatlarida DANX (GIBDD) xodimlariga qo‘l radari ishlatish ta’qiqlangan, deb xabar qilmoqda "KommersantЪ" nashri. Agar DANX xodimi ushbu qonunga amal qilmasa — ishdan haydalishi mumkin.
Rossiya viloyatlarida IIV vaziri Vladimir Kolokolsevning “Davlat avtomobil nazorati xizmati xodimlari orasida poraxo‘rlikni oldini olish choralari” haqidagi buyrug‘iga asosan ish ko‘rishmoqda. Ma’lum bo‘lishiga qaraganda, Kolokolyev mahalliy boshqarmalarga qo‘l radar ishlatish yoki ishlatmaslikni o‘zlari hal qilishni topshirgan. Shunga ko‘ra ayrim Samara, Rostov va yana boshqa viloyatlar qo‘l radarlarini ularni butunlay ta’qiqlashga qaror qilishgan. Krasnodar viloyatida esa, radar yordamida qayd qilingan ma’lumotlarni o‘chirish imkoni bo‘lgan radarlarni ta’qiqlashga qaror qilingan.
Agar radarda qayd qilingan ma’lumotlarni o‘chirish imkoni bo‘lsa, haydovchini jazolash kerak-mi yoki yo‘qligi haqidagi qarorni DANX xodimi qabul qiladi.Bunday vaziyatda doimo o‘zaro “kelishuv” imkoniyati paydo bo‘ladi.
Ushbu muammo yoz mavsumida ayniqsa avjiga chiqadi. Rossiyaning markaziy va shimoliy hududlarida yashaydigan aholi ommaviy ravishda Sochi yoki Qrim tomon o‘z avtomobillarida yo‘lga chiqadi. Yo‘lda esa ularni radar bilan "qurollangan" DANX xodimlari kutib olishadi. Begona viloyat nomerini ko‘rgan zahotiyoq avtomobilni to‘xtatadigan, Rostov va Samara viloyati DANX xodimlari haydovchilar tilida doston bo‘lgan edi.