O‘zbekistonda bir necha mansabdor shaxslar qamoqqa olindi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishRassmotrenie xodataystva sledstviya ob areste A. Velichko v Cheremushkinskom sude
Rassmotrenie xodataystva sledstviya ob areste A. Velichko v Cheremushkinskom sude - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqand viloyatining sobiq hokimi va hokimiyatda ishlagan yana bir necha mansabdor shaxslar hibsga olingan

TOShKENT, 13-iyul - Sputnik. Samarqand viloyatining sobiq hokimi va hokimiyatda ishlagan yana bir necha mansabdor shaxslar hibsga olingan. Bu haqda “O‘zbekiston 24” kanalining  “Axborot 24” ko‘rsatuvida xabar qilindi.

O‘tgan yilning iyunidan Samarqand viloyati hokimi lavozimida ishlagan Turobjon Jo‘rayev mansab vakolatini suiiste’mol qilish va jinoiy harakatlarni amalga oshirganligi uchun vazifasidan ozod qilingan.

"U o‘z manfaatlari uchun butun boshli vertikal poraxo‘rlik tizimini yaratib, mahalliychilikka yo‘l qo‘ygan, ta’magirlik yo‘li bilan pul mablag‘larini o‘zlashtirgan", — deyiladi lavhada.

Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Samarqand viloyati hokimi lavozimidan ozod etilganligi tasdiqlandi - OAV

Jinoyat ishi doirasida Samarqand viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiya va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘tkir Abdullayev, qurilish bo‘yicha mutaxassis Bahodir Xo‘jaqulov va hokim yordamchisi Botir Abdullayev ham hibsga olingan.

“Hokimiyatda ko‘p kvartirali uylarni qurishga ruxsat berish va tadbirkorlarga turar joy obyektlar qurilishi uchun yer maydonlarini ajratishda pora tizimi amalda bo‘lgan”, - deyiladi “Axborot 24” ko‘rsatuvida.

Shuningdek, “O‘zdonmahsulot” kompaniyasi rahbari Sur’at Haydarov pora olishda ayblanib hibsga olingan.

Portfel s dokumentami  - Sputnik O‘zbekiston
Samarqand viloyatiga yangi hokim tayinlandi

“Sur’at Haydarov mansab vakolatidan foydalanib kompaniya tizimiga ko‘plab qarindoshlarini ishga olib kirgan va poraxo‘rlik tizimini yaratgan. Haydarov viloyatlarga xizmat safari davomida don mahsulotlari noto‘g‘ri saqlanayotganiga guvoh bo‘lgan va pul evaziga jim turishni ma’qul ko‘rgan”, - deyiladi “Axborot 24” dasturida.

Haydarovning kuyovi Jamshid Sharipov ham xorijiy valyutada olayotganida qo‘lga olingan.

Hozirda yuqoridagi holatlar bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0