Samarqand viloyatiga yangi hokim tayinlandi

© Sputnik / Aleksey DrujininPortfel s dokumentami
Portfel s dokumentami  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turdimov 2016-yilning dekabr oyidan buyon Surxondaryo viloyati hokimi lavozimida ishlab kelayotgandi.

TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Surxondaryo viloyati hokimi lavozimida ishlab kelgan Erkinjon Turdimov Samarqand viloyati hokimi etib tayinlandi, deb xabar qildi "Xalq so‘zi". 

Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Samarqand viloyati hokimi lavozimidan ozod etilganligi tasdiqlandi - OAV

Shu kungacha viloyat hokimi sifatida ishlab kelayotgan Turobjon Jo‘rayev qaysi lavozimga tayinlangani borasida aniq ma’lumotlar yo‘q.

Erkinjon Turdimov Samarqand viloyatida tug‘ilgan. U 1991-yildan 1995-yilgacha "O‘zsanoatqurilishbank"ning hududiy bo‘limlarida faoliyat ko‘rsatgan. 1995-1996 yillarda Zarafshon shahar hokimi o‘rinbosari lavozimida, 1996-yildan 2000-yilgacha Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Navoiy bo‘limida boshqaruvchisi sifatida ishlagan. 2000-yildan 2008-yilgacha esa Navoiy viloyati Xatirchi tuman hokimi sifatida ishlagan.

2008 yilda qisqa vaqt o‘sha vaqtlardagi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan Erkinjon Turdimov, o‘sha yildayoq Navoiy viloyat hokimi lavozimiga tayinlangandi.

Turdimov 2016-yilning dekabr oyidan buyon Surxondaryo viloyati hokimi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Yangiliklar lentasi
0