Ishbilarmon G‘ofur Rahimov qidiruvga berildi

© AP PhotoPatrulnaya mashina uzbekskoy militsii
Patrulnaya mashina uzbekskoy militsii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
IIV rasmiy saytida G‘ofur Rahimov qidiruvga berilganligi haqida ma’lumot e’lon qilingan.

TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi ishbilarmon, Xalqaro boks federatsiyasi — AIBA prezidenti vazifasini bajarayotgan G‘ofur Rahimovni qidiruvga berdi. Bu IIV rasmiy saytida ma’lumot e’lon qilingan.

© MVD Respubliki UzbekistanRaximov Gofur-Arslonbek
Raximov Gofur-Arslonbek - Sputnik O‘zbekiston
Raximov Gofur-Arslonbek

Unga ko‘ra, 1951-yil 22-iyulda tavallud topgan Rahimov G‘ofur-Arslonbek Ahmedovich O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 3-qismi a-bandi (tovlamachilik), 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish), 228-moddasi 3-qismida (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib qidirilmoqda.

Shuningdek, uning turmush o‘rtog‘i ekani aytilayotgan Lola Rahimova ham qidiruvga berilgan.

IIV ma’lumotiga ko‘ra, 1967-yil 24-iyunda tug‘ilgan Rahimova Lola Jabbarovna O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 3-qismi a-bandi (tovlamachilik), 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish), 228-moddasi 3-qismida (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib qidirilmoqda.

Lola Raximova
Lola Raximova - Sputnik O‘zbekiston
Lola Raximova

G‘ofur Rahimov yanvar oyida AIBA vaqtinchalik prezidenti etib tayinlangan. Tashkilot prezidenti Ching-Kuo Vu o‘tgan yilning noyabrida iste’foga chiqqandi.

Rahimov 1998-yildan buyon AIBA ijroqo‘mi a’zosi hisoblanadi. 2002-yilda ushbu tashkilot vitse-prezidenti, 2006-yildan ijrochi vitse-prezidenti lavozimida faoliyat olib borgan. 2010-yilda u Osiyo boks konfederatsiyasi prezidenti etib saylangan.

Yangiliklar lentasi
0