TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Bugungi kunda O‘zbekiston Havo yo‘llari juda katta ishlarni amalga oshirmoqda, lekin odamlardan kelib tushayotgan talablarga kompaniya samolyotlari kamlik qilmoqda, deb ta’kidladi jurnalistlar bilan uchrashuvda O‘zbekiston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov.
Ramatov bugungi kunda O‘zbekiston Havo yo‘llari juda katta ishlarni amalga oshirayotganini, shunday bo‘lsa-da, kompaniya samolyotlari odamlardan kelib tushayotgan talablarga kamlik qilayotganini aytdi.
"Shuning uchun xorij davlatlardan uchadigan samolyotlar masalasini hal qilishimiz kerak, "Nukus"da har yarim soatda samolyotlar uchib turishi kerak, negaki bugungi kunda aviatsiya eng tez olib boradigan va xavfsiz transport turiga kiradi. To‘g‘ri poyezdlar ko‘paymoqda, lekin ular sekin yuradi, poyezd okeanning narigi tomoniga yoki Yevropaga tez oborolmaydi. Shuning uchun samolyot bugungi kundagi asosiy masalamizdir", — dedi Ramatov.
"Nukus" xalqaro aeroportining ochilish marosimida so‘zlagan nutqida Ramatov O‘zbekistonda yaqin kelajakda bir nechta aviakompaniyalar ochilishi kutilayotgani, shuningdek, yangi aeroportlarni qurish masalasi ham kun tartibidan o‘rin olganligi haqida aytgan edi.