Nukus aeroporti yo‘lovchi terminali rekonstruksiya qilindi

© Press-slujba NAK UzbekistanaNovoe zdanie aeroporta v g.Nukus
Novoe zdanie aeroporta v g.Nukus - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rekonstruksiya qilingan terminalda parvozdan oldingi nazorat va yuk topshirish hududlari kengaytirildi, aeroportda ro‘yxatdan o‘tkazish ustunlari soni oshirildi, yo‘lovchi o‘tkazish quvvati soatiga 400 kishiga yetkazildi.

TOShKENT, 11-iyul – Sputnik. "O‘zbekiston havo yo‘llari" kompaniyasi Nukus shahri aeroportining yo‘lovchi terminalini foydalanishga topshirdi, deb xabar berdi RIA Novosti.

O‘zbekiston shimoli-g‘arbidagi havo bekatining o‘tkazish quvvati ikki baravarga oshdi, endi bu aeroportda xalqaro qatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.

Noviy terminal dlya priletayushix passajirov mejdunarodnix avialiniy v aeroportu Tashkent im. I. Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent aeroportida yangi terminal ochiladi

Nukus aeroporti 2017-yil 1-mayda rekonstruksiya uchun yopilgandi.

Rekonstruksiya ishlari vaqtida qatnovlar Urganch aeroportiga yo‘naltirilgandi.

Rekonstruksiya qilingan terminalda parvozdan oldingi nazorat va yuk topshirish hududlari kengaytirildi, aeroportda ro‘yxatdan o‘tkazish ustunlari soni oshirildi, yo‘lovchi o‘tkazish quvvati soatiga 400 kishiga yetkazildi.

Iyun oyi o‘rtalarida Toshkentdagi Islom Karimov nomidagi aeroportda ham yangi terminal ochilgandi.

U soatiga 1200dan ortiq yo‘lovchini qabul qila oladi, bu yerda 24ta pasport nazorati punkti, "yashil" va "qizil" yo‘laklar joylashgan.

Yangiliklar lentasi
0