Toshkent aeroportida yangi terminal ochiladi

© NAK UzbekistanaNoviy terminal dlya priletayushix passajirov mejdunarodnix avialiniy v aeroportu "Tashkent" im. I. Karimova
Noviy terminal dlya priletayushix passajirov mejdunarodnix avialiniy v aeroportu Tashkent im. I. Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston havo yo‘llari Toshkent aeroportida yangi xalqaro terminalni ishga tushirmoqda.

TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Milliy aviakompaniyasi Toshkent aeroportida yangi xalqaro terminalni ishga tushirmoqda, deb xabar qildi aviakompaniya matbuot xizmati.

Yangi terminal binosida xorijdan kelgan yo‘lovchilarni pasport nazorati yuklarini ko‘zdan kechirish o‘tkaziladi. Yangi terminalning birinchi yo‘lovchilari 15-iyun kuni Seul shahridan uchib kelishi kutilmoqda. Ularni aeroport rahbariyati tantanali kutib oladi.

“Yangi terminalda yangi injener-texnologik uskunalar o‘rnatilgan, Wi-Fi aloqa xizmati, “yashil yo‘lak” va “qizil yo‘lak” xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan. To‘rtta bagaj lentalari, 24ta pasport nazorat punkti, viza berish punkti va ikkita valyuta almashtirish shaxobchalari, ikkita Duty free magazini va ikkita kafeteriy bor. Yangi terminalda pasport nazoratidan o‘tish vaqti 7-10 minutgacha qisqartirilgan. Oldin ushbu jarayonga 15-20 minut vaqt sarflanar edi”, — deyilgan MAK xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent xalqaro aeroportining maydoni 9,8 ming metr bo‘lgan eski binosida 2017-yildan buyon bosh loyiha tashkiloti "Tashgiprogor" va qurish montaj tashkiloti “Qurilish Birlashmasi” tomonidan rekonstruksiya ishlari olib borilgan edi. Amalga oshirilgan ishlar qiymati 140 milliardov so‘mni tashkil qildi.

Shuningdek, 2018-2020 yillarda Toshkentning Qibray tumani hududidagi aerodrom o‘rnida yana bir zamonaviy havo darvozasi paydo bo‘lishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0