Tailanddagi g‘ordan barcha bolalar qutqarildi

© Royal Thai Navy Facebook Page via APDeti v zatoplennoy peshere v Tailande
Deti v zatoplennoy peshere v Tailande - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tailandda g‘or ichida qolib ketgan bolalar 17 kun o‘tib qutqarildi.

TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Tailandda g‘or ichida qolib ketgan barcha bolalar va ularning ustozi qutqarildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

"O‘n ikkinchi bolakay va ularning ustozi g‘ordan chiqib dala gospitaliga yo‘l olishdi", — deyilgan xabarda.

G‘ordan qutqarilgan barcha bolalar vertolotda Chiangray shahar kasalxonasiga olib kelinmoqda. Ularga hozircha yaqinlari bilan uchrashishga ruxsat berilgani yo‘q. Bolalar ma’lum vaqt  shifokor kuzatuvida bo‘lishi xabar qilingan.

Samolyot aviakompanii Uzbekiston xavo yullari - Sputnik O‘zbekiston
Uzbekistan airways Tailand va Malayziyaga qo‘shimcha qatnovlarni kiritdi

Eslatib o‘tamiz, 23-iyun kuni mahalliy futbol maktabining 12 nafar tarbiyalanuvchisi va ularning ustozi Txam-Luang nomli g‘orga kirishadi. Shundan so‘ng kutilmaganda kuchli yomg‘ir boshlanadi va g‘orning kirish qismi suv ostida qolib ketadi.

Bolalar turgan joy ular yo‘qolib qolganidan bir hafta o‘tib aniqlanadi va qutqaruv operatsiyasi boshlanadi. Qorning suv ostida qolgan kirish qismi noqulay va tor bo‘lgani tufayli bolalarni qutqarish operatsiyasi o‘ta murakkab kechadi.

G‘avvoslar g‘orning 7km chuqurliga kirib bolalarni birma-bir olib chiqa boshlaydi. Qutqaruv operatsiyasi davomida bir nafar qutqaruvchi havo yetmay qolishi tufayli vafot etadi.

Yangiliklar lentasi
0