O‘zbekistonda poraxo‘r o‘qituvchilarga "ov" boshlandi

© SputnikUzbekskaya valyuta - sum
Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkent viloyatida pora olish bilan shug‘ullanayotgan ta’lim sohasidagi rahbarlarni qo‘lga olish uchun reyd o‘tkazdi

TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Yunusobod tumani Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 247-sonli umumta’lim maktabi direktori Tulametova fuqaro Almasovadan farzandini maktabning 1-sinfiga o‘qishga qabul qilish evaziga 500 ming so‘m pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi, deb xabar qildi "O‘zbekiston 24" telekanali.

Prazdnik Posledniy zvonok v shkolax Rossii - Sputnik O‘zbekiston
O‘quvchining terisini shilib olish shartmi?
Toshkent milliy hunarmandchilik kasb-hunar kolleji direktorining ma’naviy-marifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Vahobova esa o‘qishni oliaviy sharoitlar tufayli tamomlay olmagan Qoraboyevga mazkur kollejni bitirganlik to‘g‘risidagi diplomni rasmiylashtirib berish evaziga undan 400 ming so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

"Vahobova ma’naviy-marifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosar bo‘la turib yoshlarimizni shu yo‘lga boshlashini qanday izohlash mumkin?", — deya savol beriladi kadr ortida.

Teledasturda ta’lim dargohidagi poraxo‘rlik hatto o‘quvchilarga ham o‘tayotgani alohida ta’kidlab o‘tiladi.

"Ustozim shu ishni qilgandan keyin men ham shunga qo‘l ursam degan fikr hali ongu-shuuri to‘liq shakllanmagan bola xayolidan o‘tadida", — deydi reportaj muallifi.

Xususan, Chilonzor tuman tibbiyot kolleji talabasi mazkur kollejda o‘qituvchi bo‘lib ishlovchi tanishi Malikov orqali fuqaro Malikovani ikkinchi mutaxassisligi bo‘yicha ushbu kollejga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga undan 500 AQSh dollarini pora tariqasida olayotgan vaqtida departament xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Yangiliklar lentasi
0