BMT: dunyoda 2 milliarddan ortiq inson ichimlik suv ta’minotiga ega emas

© FRANCK FIFE / AFPJenshina pyet vodu
Jenshina pyet vodu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Milliardlab insonlarda hali-hanuz tualet va qul yuvish vositalari ta’minotida qiyinchiliklar mavjud.

TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Jahonda 2,1 milliard kishi xavfsiz ichimlik suvi ta’minotidagi qiyinchiliklarga duch kelgan. Bu haqda BMTning suv va sanitariya haqida umumiy hisobotda aytilgan. RIA Novosti xabariga asosan.

Jara. Jenshina pod zontom spasayetsya ot solnsa - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston hududida anomal issiq va quruq havo kutilmoqda - FVV

"Xavfsiz va qimmat bo‘lmagan ichimlik suviga 844 million inson va 2,1 milliard inson bu masalada xizmat ko‘rsatilishini yaxshilanishiga muhtoj" — deyilgan hisobotda.

Shuninglek, "milliardlab insonlarda hali-hanuz tualet va qul yuvish vositalari ta’minotida qiyinchiliklar mavjud".

Hisobotda qayd etilishicha, "hozirgi tendensiyalar bilan 2030-yilga kelib yo‘q qilinmaydi".

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 70 foiz ichimlik suv qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri keladi.

"O‘tgan asr davomida dunyo 70 foiz tabiiy suv havzalarini yo‘qotdi. Suv bilan bog‘liq ekotizimni saqlab qolish va tiklash ijtimoiy farovonlik va iqtisodiy o‘sish uchun juda muhimdir", — deyilgan hisobotda.

Hisobot mualliflar fikriga ko‘ra, xalqaro hamkorlikni yaxshilash va mablag‘lardan kengroq foydalanishni ta’minlash zarur. 80 foizdan ortiq davlatlar suv ta’minoti, sanitariya va gigiyena bo‘yicha milliy vazifalarini bajarish uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasligini ma’lum qiladi.

Yangiliklar lentasi
0