O‘zbekiston hududida anomal issiq va quruq havo kutilmoqda - FVV

© SputnikJara. Jenshina pod zontom spasayetsya ot solnsa
Jara. Jenshina pod zontom spasayetsya ot solnsa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo harorati 44-45 gacha qiziydi, garmsel kutilmoqda.

TOShKENT, 7-iyul – Sputnik. O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, 2018-yil 7-10 iyul kunlari O‘zbekistonga Erondan quruq va juda issiq havo Turkmaniston orqali kirib keladi. Bu haqda FVV Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazi xabar qildi.

“Shu munosabat bilan, respublikaning aksariyat hududlarida havoning kunduzgi harorati o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 5-7 darajaga oshib, 40-43 darajani tashkil etadi”, - deyiladi xabarda.

Xabarda aytilishicha, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo harorati 44-45 gacha qiziydi, garmsel kutilmoqda.

7-10 iyul kunlari respublikaning tog‘ va tog‘ oldi mintaqalarida havo haroratining oshishi munosabati bilan Tojikiston va Qirg‘iziston hududlaridan glyasiyal (muzlikning erishi natijasidagi) sel kelishi mumkin.

Vazirlik xavfsizlik choralarini ko‘rishni, ko‘p miqdorda ichimlik suvi iste’mol qilishni, zaruratsiz ko‘chaga chiqmaslikni, jismoniy harakatlarni kamaytirishni so‘ramoqda.

Yangiliklar lentasi
0