Termizda Afg‘oniston konsulxonasi ochiladi

Obuna bo‘lish
Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani mamlakatda tinchlik jarayoni o‘rnatishdagi sa’y-harakatlari uchun O‘zbekiston tomoniga minnatdorlik bildirdi.

TOShKENT, 9-iyul – Sputnik. O‘zbekiston va Afg‘oniston Termizda Afg‘oniston konsulxonasini ochishga kelishib oldi.

Bu haqda tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi O‘zbekiston hukumat delegatsiyasining Afg‘onistonga tashrifi davomida ma’lum bo‘ldi. 8-iyul kuni prezident Muhammad Ashraf G‘ani O‘zbekiston delegatsiyasini qabul qildi.

Flagi stran-uchastnis ShOS - Sputnik O‘zbekiston
ShHT davlatlari Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasi yakunlarini qo‘llab-quvvatladi

"Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, birinchi navbatda Afg‘oniston prezidentining 2017-yil dekabrdagi O‘zbekistonga rasmiy tashrifi va yuqori darajadagi muzokaralar davomida erishilgan kelishuvlarning bajarilishi muhokama qilindi. Mazkur yo‘nalishda yirik investitsion, transport-kommunikatsiyaviy, savdo-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. Uchrashuvda O‘zbekiston Termizda Afg‘oniston konsulxonasi ochilishiga roziligi tasdiqlandi", – deyiladi TIV matbuot xizmati xabarida.

Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani mamlakatda tinchlik jarayoni o‘rnatishdagi sa’y-harakatlari uchun O‘zbekiston tomoniga minnatdorlik bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0