ShHT davlatlari Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasi yakunlarini qo‘llab-quvvatladi

© AP PhotoFlagi stran-uchastnis ShOS
Flagi stran-uchastnis ShOS - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu haqda Pekinda bo‘lib o‘tgan ShHT davlatlari tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi

TOShKENT, 24 apr — Sputnik. ShHT ishtirokchi davlatlari Afg‘oniston hukumati va "Tolibon" harakati o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishni qo‘llab-quvvatladi.

Shavkat Mirziyoyev prinyal Verxovnogo predstavitelya YeS po inostrannim delam i politike bezopasnosti Federika Mogerini prinyavshey uchastie v mejdunarodnoy konferensii Mirniy protsess, sotrudnichestvo v sfere bezopasnosti i regionalnoe vzaimodeystvie - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Toshkent konferensiyasi ishtirokchilarini qabul qildi

Bu haqda jurnalistlarga Pekinda bo‘lib o‘tgan ShHT davlatlari tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.

Rossiya vazirining aytishicha, O‘zbekiston poytaxtida bo‘lib o‘tgan Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasi yakunlarini barcha bir ovozdan qo‘llab-quvvatlagan.

"Barcha ishtirokchilar afg‘on hukumati va "Tolibon" harakati o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni boshlash, bunda ID safiga toliblarning ayrim vakillarini jalb etishga urinishlarga yo‘l qo‘ymaslik chaqirig‘ini ma’qulladi", — deb iqtibos keltirdi Lavrovning so‘zlaridan RIA Novosti.

Eslatib o‘tamiz, Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya shu yilning mart oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgandi.

Unda O‘zbekiston va Afg‘oniston prezidentlari, qator davlatlar tashqi ishlar vazirlari, YeI va BMTning yuqori darajadagi vakillari ishtirok etgandi.

Yangiliklar lentasi
0