TOShKENT, 9-may — Sputnik. 8-19 may kunlari bo‘lib o‘tadigan 71-Kann xalqaro kinofestivali doirasida ilk bor O‘zbekiston paviloni tashkil etildi, deb xabar berdi Kinematografiyani rivojlantirish markazi.
Dunyoning 58 ta mamlakati milliy pavilonlari qatoridan joy olgan O‘zbekiston paviloni 8-may kuni o‘z eshiklarini dunyoning barcha mamlakatlaridan tashrif buyurgan kino vakillariga ochdi.
Pavilonda festival ishtirokchilari va mehmonlariga O‘zbekistonning turistik salohiyati, film suratga olish uchun imkoniyatlar namoyish etiladi. Shuningdek, xalqaro maqomini olgan va shu yil oktabrda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan PROlogue festivali taqdimoti ham o‘tkaziladi.