Tanzila Norboyeva xo‘rlangan ayol voqeasiga munosabat bildirdi

© Mejdunarodniy press-klubTanzila Narbayeva – zamestitel premyer-ministra Respubliki Uzbekistan
Tanzila Narbayeva – zamestitel premyer-ministra Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur voqea barcha xotin-qizlarimizning nafratini uyg‘otdi – deb yozgan Tanzila Norboyeva.

TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva Facebookdagi sahifasida ushbu voqeaga o‘z munosabatini bildirdi:

Tahqirlangan ayol: San’at Umarovga hech qanday da’vom yo‘q

"Samarqandlik ayol bilan bo‘lgan voqea — bu albatta, hech qaysi odob va axloq qoidalariga to‘g‘ri kelmaydi. Avvalo gap shu "erkak" tarbiyasining darajasi to‘g‘risida bo‘lishi kerak. Bu holat mutlaqo ichki ishlar idoralari faoliyatiga daxldor emas, aksincha, bu nufuzli vazirlik o‘z saflarini nopok, qo‘pol xodimlardan tozalayapti.

Respublika xotin-qizlar qo‘mitasi ayollar bilan, u qanday xato qilib qo‘yganidan qati nazar, bunday munosabatda bo‘lishga mutlaqo qarshi! Biz barcha ayollarimizni himoya qilish borasida o‘z faoliyatimizni olib bormoqdamiz. Hozirgi kunda oilada, mehnat jamoasida, ko‘cha-ko‘yda ayol zo‘ravonlik qurboni bo‘lsa, biz, albatta, uni himoya qilamiz.

Bu borada har bir tumanlarimiz va shaharlarda ayollarga yordam beradigan markazlar tashkil qilinmoqda, shu bilan birga, zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan maxsus qonun yaratilishi ustidan ham ish olib borilmoqda.

Mazkur voqea barcha xotin-qizlarimizning nafratini uyg‘otdi, buni ijtimoiy tarmoqlardagi qizg‘in muhokamalar ko‘rsatmoqda.

Biz Bosh prokuratura tomonidan ko‘zg‘atilgan tergov ishi yakunlarini kutamiz va shu ayolning muammosi bilan, albatta, shug‘ullanamiz", — deb yozgan Tanzilya Norboyeva.

Yangiliklar lentasi
0