Toshkentda BMTning Markaziy Osiyoga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovFlagi stran-uchastnis konferensii po obespecheniyu bezopasnosti i ustoychivogo razvitiya v Sentralnoy Azii
Flagi stran-uchastnis konferensii po obespecheniyu bezopasnosti i ustoychivogo razvitiya v Sentralnoy Azii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Assambleyasining "Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va barqaror rivojlanishni ta’minash uchun mintaqaviy va xalaro hamkorlikni mustahkamlash"ga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkaziladi

TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Joriy yilning 12-iyul kuni Toshkentda BMT Bosh Assambleyasining "Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash uchun mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash" to‘g‘risidagi rezolyutsiyasining muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tadi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV.

Amerikanskiy ekspert  i politolog Frederik Starr - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyevning siyosati Markaziy Osiyoni muhim mintaqaga olib chiqdi - Frederik Starr
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tomonidan O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi ko‘magida tashkil etiladi.

Tadbirning asosiy maqsadi — BMTning Markaziy Osiyo bo‘yicha rezolyutsiyasi mohiyatini va ahamiyatini, shuningdek, Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik va barqaror rivojlanishni ta’minlashda mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash istiqbollarini muhokama qilishdan iborat.

Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, "O‘zbekiston temir yo‘llari" davlat aksiyadorlik kompaniyasi, Fanlar akademiyasi, Xalqaro munosabatlar axborot-tahlil markazi, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari, xorijiy mamlakatlarning diplomatik vakolatxonalari rahbarlari, shuningdek, O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy jurnalistlar ishtirok etadi.

Yangiliklar lentasi
0