Mirziyoyevning siyosati Markaziy Osiyoni muhim mintaqaga olib chiqdi - Frederik Starr

© Pravitelstvo KRAmerikanskiy ekspert i politolog Frederik Starr
Amerikanskiy ekspert  i politolog Frederik Starr - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQShning mintaqaviy siyosati bo‘yicha yetuk xalqaro eksperti Frederik Starr Shavkat Mirziyoyev prezident etib saylangandan keyingi ilk nutqini tinglab, o‘z-o‘ziga "bu haqiqatdan ham sodir bo‘ladimi", deya savol bergan ekan. Bugunga kelib, Starr hamkasbi Svante Kornell bilan O‘zbekistonning yangicha qiyofasiga bag‘ishlangan kitobni yozib tugatdi

"Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan ishlarning nafaqat O‘zbekistonga, balki butun mintaqaga ta’siri bo‘lishini darhol tushunib yetdik. Shu bois ham bunga befarq qarab turish mumkin emasdi", — dedi bugun Xalqaro-press klubda jurnalistlar bilan uchrashuv davomida O‘zbekiston prezidenti siyosatiga bag‘ishlab yozilgan kitob muallifi Frederik Starr.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev rahbarligidagi O‘zbekiston navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi

"O‘zbekistonning yangi qiyofasi"  — bu Amerika Qo‘shma Shtatlarida professor Frederik Starr va doktor Svanter Kornell muharrirligi ostida O‘zbekistonning yangi tarixiga bag‘ishlab yozilgan kitobning nomi. Uning taqdimoti O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlariga rasmiy tashrifi arafasida Vashingtonda bo‘lib o‘tdi.

Professor Frederik Starr — AQShning mintaqaviy siyosati bo‘yicha yetuk xalqaro ekspert hisoblanadi. U boshqarayotgan Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti Jon Xopkins universiteti qoshida 1996-yilda tashkil qilingan. Ushbu institut ilmiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanib, Amerika va Markaziy Osiyo davlatlari va siyosatchilari, ekspertlari o‘rtasida muntazam muloqot tashkil qiladi.

Amerikaning qonunchilik va ijro hokimiyati hamda ishbilarmon doiralari uchun tahliliy tavsiyalar taqdim etadi.

Starr kitobning yozilishi tarixiga to‘xtalar ekan, shunday deydi: "Men saylovlarda O‘zbekistonda bo‘lganman. Yangi saylangan prezident Mirziyoyevning birinchi nutqidan keyingi nutqiga ham guvoh bo‘lganman. Bundan baxtiyorman. Natijalar juda ham yaxshi edi. O‘shanda bu narsalar haqiqatdan ham sodir bo‘ladimi, deb so‘ragan edim o‘zimdan. Hozir mana O‘zbekistondamiz, ko‘chalarda hayot qaynamoqda. Qo‘shni davlatlardan kelgan mashina raqamlarini ham ko‘rishimiz mumkin. Shuningdek, davlat miqyosida yangi tijorat-savdo rejalari qilinayotganligiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Bu ishlarning barchasi bizning institutimizga ilhom bag‘ishladi".

Ekspertga ko‘ra, kitobning yozilishi jarayonida yangi amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha tadqiqot olib borilgan, bunda mamlakat iqtisodiyoti, siyosati, diniy munosabatlar va qishloq xo‘jaligi, umuman barcha jabhalarni qamrab olishga va ushbu holat O‘zbekiston tashqarisidan qanday ko‘rinayotganini ham aks ettirishga harakat qilingan.

"Nima uchun bu jarayonga qiziqqanligimni so‘rasangiz, siz aslida noto‘g‘ri savol bergan bo‘lasiz, qanday qilib kimdir bunga befarq qolishi mumkin? Biz tezda tushunib yetdik. Bu qizg‘inlik, bu qilinayotgan ishlarning nafaqat O‘zbekistonga, balki butun hududga ta’siri bo‘lishini tushunib yetdik", — deydi o‘z gapida davom etib Starr.

2018 yilda O‘zbekistonni nimalar kutmoqda?

Ma’lum bo‘lishicha, mualliflar kitobda uchta muhim jihatga e’tibor qaratishgan — bu iqtisodiyot, O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha olib borayotgan siyosati va islohotlar.

"Birinchidan, O‘zbekistondagi iqtisodiy o‘zgarishlar hayotni o‘zgartirib yuborishini bilamiz. Ikkinchidan Afg‘oniston uchun olib borilayotgan siyosat — O‘zbekiston devor qurish o‘rniga Afg‘onistonga u o‘zini qayta tiklashi uchun yordam qo‘lini uzatdi. Uchinchidan butun islohotlar o‘zi bilan birga regionalizm tushunchasini olib keldi. Bugun dunyoning eng muhim mintaqasi yuzaga chiqayotganini ko‘rishimiz mumkin", — dedi Starr va bu prezident Mirziyoyev olib borayotgan siyosati natijasi ekanligini qo‘shimcha qiladi.

Kitobning yana bir muallifi Svante Kornell (AQSh tashqi siyosati Kengashi qoshidagi Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti direktori) asar haqida gapirar ekan, O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov siyosati va mamlakatning amaldagi rahbari Shavkat Mirziyoyev siyosatining farqli jihatlariga to‘xtalib o‘tdi.

Kornellga ko‘ra, so‘nggi yigirma yetti yil ichida O‘zbekistonning siyosati asosiy O‘rta Osiyo xavfsizligiga qaratilgan bo‘lib, bu tufayli mintaqada diniy ekstremizm va radikalizm ildiz otishining oldi olindi, Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan tashqi siyosat esa mintaqa taraqqiyoti uchun omil bo‘ladi.

"Yigirma besh yil davomida O‘zbekiston juda ham muhim rol o‘ynagan — mamlakat Mustaqillik yillaridan boshlab radikalizm va ekstremizmga qarshi keskin qarshiligini ko‘rsatgan. Bu O‘zbekistonning juda ham kuchli siyosati edi. O‘zbekistonning tashqi siyosatlaridan biri o‘z mustaqilligi muhim ekanligini ta’kidlash edi. Bu hech qaysi kuchga — Amerika Qo‘shma Shtatlari yoki Xitoy yoki Hindiston va boshqa davlatlar — hech qaysi davlatga qarshi emas edi. Lekin O‘zbekiston hech qaysi tashqi kuchga O‘zbekiston hududida imperial tizim yaratishga ruxsat bermadi", — dedi u.

Amerikalik siyosatshunos O‘zbekistonning ikki prezidenti boshqaruvini futbol o‘yini misolida qanday ko‘rishini aytib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev vo vremya vstrechi glav SA v Astane - Sputnik O‘zbekiston
Shennon: Mirziyoyevning jasoratiga tan berish kerak
"Juda ham yosh davlat bo‘lganligi uchun, futbol ta’biri bilan aytganda, 25-yil davomida O‘zbekiston himoyada o‘ynashga majbur bo‘ldi. Shavkat Mirziyoyev boshchiligida O‘zbekiston endi himoyadan hujumga o‘tmoqda. Birinchi 25-yillikning muvaffaqiyatlari sababli endigi siyosat O‘zbekistonning mintaqadagi salohiyatini yuzaga chiqarishga qaratilgan. Bu ham hech kimga qarshi siyosat emas. Bu barchaning manfaatiga —  O‘rta Osiyo davlatlari, Afg‘oniston, Afg‘onistonning G‘arbiy hamkorlari va albatta, Rossiya va Xitoy manfaatlariga xizmat qilishi kerak bo‘lgan siyosat", — dedi Kornell.

Siyosatshunos, shuningdek, Markaziy Osiyoda "Buyuk kuchlar o‘yini tugaganligiga" e’tibor qaratdi.

"Agar yanglishmayotgan bo‘lsam, prezident Mirziyoyev va (Qozog‘iston prezidenti) Nazarboyevlarning birgalikdagi nutqlarida bu haqda aytilgan edi. Ular O‘rta Osiyoning o‘zi hal qiladi muammolarni, deya bayonot berishgan edi". — deb ta’kidladi Kornell.

Bu yerda masala "buyuk kuchlar" buni darhol qabul qiladimi yoki yo‘q ekanligida.

"Agar O‘rta Osiyo davlatlari birgalikda, hamkorlikda faoliyat olib borishsa, har qanaqangi qarshi hujum ham to‘silishi mumkin", — dedi ishonch bilan amerikalik siyosatshunos.

Yangiliklar lentasi
0