Toshkentda uzluksiz patrullik xizmati o‘z ishini boshladi

© SputnikSotrudnik GAI
Sotrudnik GAI - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Xavfsiz poytaxt” konsepsiyasi birinchi galda shahar aholisi va mehmonlari xavfsizligini ta’minlash, hududdagi huquqbuzarliklarni kamaytirish va ularning oldini olishga qaratilgani bilan e’tiborli.

TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Joriy yil 1-iyulidan Toshkent shahrida "Xavfsiz poytaxt" konsepsiyasi tajriba tariqasida amaliyotga joriy etila boshlandi, deb xabar qildi Toshkent IIBB matbuot xizmati.

Drujinniki nachali patrulirovat ulisi Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent mahallarini "Fidoiy yoshlar" patrul guruhlari qo‘riqlaydi

"Xavfsiz poytaxt" konsepsiyasi birinchi galda shahar aholisi va mehmonlari xavfsizligini ta’minlash, hududdagi huquqbuzarliklarni kamaytirish va ularning oldini olishga qaratilgani bilan e’tiborli.

Shu munosabat o‘tkazilgan xizmat yo‘riqnomasi tadbirida Toshkent shahar IIBB boshlig‘i general-mayor R. Jo‘rayev patrullik uchun safarbar etilgan xodimlarga omad tiladi.

Tadbir doirasida Toshkent shahar IIBB, Milliy gvardiya, shuningdek, "Mahalla posboni" jamoatchilik vakillari va "Fidokor yoshlar" guruhi a’zolaridan bir guruhiga tantanali ravishda qo‘l soatlari, faxriy yorliq, qimmatbaho sovg‘alar va pul mukofotlari topshirildi.

Qator xodimlarga navbatdagi unvonlar berilgani haqidagi buyruq o‘qib eshittirildi.

Yangiliklar lentasi
0