Toshkent hokimiyati qoshidagi Jamoatchilik kengashining tarkibi ma’lum bo‘ldi

© Jamoatchilik kengashiSobranie Obshestvennogo soveta pri xokimiyatie goroda Tashkenta
Sobranie Obshestvennogo soveta pri xokimiyatie goroda Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent hokimiyati qoshidagi Jamoatchilik kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda kengash tarkibi va qo‘mitalari ma’lum bo‘ldi.

TOShKENT, 3-iyul – Sputnik. Toshkent shahar hokimiyati qoshida shaharning ilg‘or fuqarolaridan Jamoatchilik kengashi tashkil qilinganini oldin xabar bergan edik.

Uzbekskie stariki iz Kokanda - Sputnik O‘zbekiston
Hokimiyat xalq vakillarini maslahatga taklif qildi

30 iyun kuni ushbu Kengash o‘zining birinchi yig‘ilishini o‘tkazdi. Unda shahar hokimi v.b. Jahongir Ortiqxo‘jayev ham ishtirok etdi. Majlisda Kengash tarkibi e’lon qilindi va uning axloq kodeksi qabul qilindi, shuningdek, uning faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘mitalari belgilab olindi.

Toshkent shahri jamoatchilik kengashi a’zolari 200 dan ortiq nomzodlar orasida suhbat va fokus-guruhlar orqali tanlab olingan.

Jamoatchilik kengashiga quyidagi fuqarolar kiritilgan, Gazeta.uz xabariga asosan:

  • Hikmat Abdurahmonov (rais) — tadbirkor, bir necha kompaniyalar asoschisi;
  • Nigora Oqilova – Nestle Uzbekistan kompaniyasida PR manager;
  • Qodirjon Yusupov — diplomat, O‘zbekiston-Xitoy savdo uyi maslahatchisi;
  • Aziza Sharipova — UzBAT yuridik bo‘limi boshlig‘i;
  • Aziza Umarova — konsalting kompaniyasi rahbari;
  • Diyor Mirzaahmedov — «Milliy marketing markazi» uyushmasi boshqaruv raisi;
  • Naufalbek Sobirov — GS1 Uzbekistan avtomat identifikatsiyalar uyushmasi raisi;
  • Anvar Irchayev — Orient Capital Managment investitsion kompaniyasi direktori;
  • Xusniddin Atoyev — san’atshunos, fotojurnalist, musiqa sohasida xalqaro ekspert;
  • Rustam Husanov — X-Places shahar tadqiqotlar markazi asoschisi;
  • Nigora Hasanova — Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi rahbari;
  • Suren Sapov — Afisha Media asoschisi va rahbari;
  • Irina Matviyenko — «Laboratoriya biznesa» loyihasi bosh muharriri, Ladoshki.uz, Context.uz, Nemolchi.uz loyihalari asoschisi;
  • Diyas Mutalov — Re-Form konsalting agentligi muassisi, Sotuvchilar maktabi asoschisi;
  • Oybek Shayxov — tadbirkor, East-West Engineering loyiha instituti hamda INNOVO.tech kompaniyasi, Buyuk kelajak xalqaro notijorat tashkiloti hammuassisi, Biznes va investitsiyalar bo‘yicha O‘zbekiston-Yevropa kengashi (Brussel) bosh kotibi;
  • Yuliya Yakovleva — Person Hunter kompaniyalar guruhi asoschisi;
  • Muzaffar Qosimov — technoplaza.uz, clg.uz, ibt.uz, groundzero.uz hammuassisi;
  • Ulug‘bek Majidov — shifokor, O‘zbekiston saratonga qarshi kurash uyushmasi prezidenti;
  • Arsen Dlyanchev — Unique Present kompaniyasi asoschisi;
  • Farhod Ibragimov — Mirzo Ulugbek Innovation Center direktori.

Eslatib o‘tamiz, boshqaruv organlari huzurida tashkil qilinayotgan jamoatchilik kengashlari rivojlanish masalalarida maslahat berish va jamoat nazoratini kuchaytirish bilan shug‘ullanadi.

Yangiliklar lentasi
0