Hokimiyat xalq vakillarini maslahatga taklif qildi

© Sputnik / Vladimir Akimov / Mediabankka o‘tishUzbekskie stariki iz Kokanda
Uzbekskie stariki iz Kokanda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tuman hokimiyatida Jamoatchilik Kengashi tashkil qilindi.

TOShKENT, 5 mar — Sputnik. O‘zbekiston tarixida ilk bor mahalliy hokimiyat huzurida Jamoatchilik kengashi tashkil etiladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Yangi boshqaruv organi hokimiyatga tumanni rivojlantirish masalalari bo‘yida maslahat berish bilan shug‘ullanadi.

“Boshqaruvning ushbu shakli, bizningcha, xalq bilan muloqot prinsipiga to‘liq javob beradi va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi”, — deyilgan hokimiyat xabarida.  

Yangi tashkil qilanayotgan Jamoaichilik kengashi 21 kishidan iborat bo‘ladi. Uladan 7 nafari o‘z tashabbuslari bilan 6-martga qadar nomzodlarini qo‘yishlari kerak. Kengashning qolgan a’zolari orasida hokimga bo‘y sunuvchi davlat tashkilot vakillari bo‘lmasligi kerak.

Hokimimiyat Kengash faoliyatiga xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, biznes, fan, madaniyat va yoshlar bilan ishlash sohlaridan yaxshi xabardor bo‘lgan mutaxassilarni taklif qilishni rejalashtirigan.

Jamoatchilik kengashining birinchi majlisi 9-mart kuni bo‘lib o‘tishi kerak. Unda yangi tashkilotning maqsad va vazifalari muhokama qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0