Qozog‘istonda kanalizatsiya quvuri yorilishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishKareta skoroy pomoshi
Kareta skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni vaqtda politsiya ushbu hodisa bo‘yicha surishtiruv ishlarini olib bormoqda, qator ekspertizalar tayinlangan

TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Olma-ota viloyatida kanalizatsiya quvuri yorilishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, bir nafar shaxs jarohatlandi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qozog‘iston nashri.

Samsung Galaxy Note 7 telefoni - Sputnik O‘zbekiston
Namanganda tualetga tushib ketgan Samsung Galaxi dastidan uch kishi halok bo‘ldi
Muassasa ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa 2-iyul kuni Enbekshikozoq tumani Shelek qishlog‘ida joylashgan mahalliy kasalxona hududida yuz bergan.

"Soat 12:34 kanalizatsiya qudug‘ida tozalash ishlari amalga oshirilayotgan vaqtda 200 mm diametrli truba yorilib ketgan. "Metan" gazidan zaharlanish natijasida uch kishi halok bo‘lgan: 1967-yilda tug‘ilgan santexnik hodisa joyida hayotdan ko‘z yumgan, ikkinchi santexnik (1969 yilda tug‘ilgan) va vrach-travmatolog (1988 yilda tug‘ilgan) reanimatsiyaga tushishgan va u yerda vafot etishgan", — deb xabar qilgan Favqulodda vaziyatlar departamenti matbuot-xizmati.

Ishchilarga yordamga shoshilgan 1984-yilda tug‘ilgan shifokor jabrlangani haqida ham ma’lum. U hozir mediklar nazoratida.

FVD ma’lumotiga ko‘ra, baxtsiz hodisa xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etilmaganligi oqibatida yuz bergan bo‘lishi mumkin. Politsiya o‘z navbatida ushbu hodisani ro‘yxatga olgan va tegishli tekshiruv ishlarini olib bormoqda.

Yangiliklar lentasi
0