Yangi Soliq kodeksida hamma stavkalar aniq ko‘rsatiladi - Moliya vaziri Qo‘chqorov

© Sputnik / Vladimir FedorenkoPapka s dokumentami
Papka s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston yangi Soliq kodeksi to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan hujjat bo‘ladi. Unda hamma stavkalar aniq ko‘rsatiladi.

TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. Bugun, 2-iyul kuni Toshkentda Xalqaro press klubda "O‘zbekiston Respublikasi yangi soliq konsepsiyasi" mavzusida sessiya bo‘lib o‘tdi. Bu haqda sessiyada qatnashgan Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qildi.

Djamshid Kuchkarov - Ministr finansov Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Bosh vazir o‘rinbosari: soliq tizimi adolatli bo‘lishi kerak

Yig‘ilishda Bosh vazir o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov jiddiy masala yangi Soliq kodeksi ishlab chiqilishi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

"Bizning Soliq kodeksimizni ochib varaqlab ko‘rsangiz, bironta soliq stavkasi haqida ma’lumot yo‘q. Qo‘shilgan qiymat solig‘i yoki foyda solig‘i necha foiz? Hammasini hal yili qaror bilan belgiyapmiz. Endi prezidentimiz farmoning tarixiyligi shundaki, ular topshiriq beraptilar — yil oxirigacha xalqaro andozalarga javob beradigan Soliq kodeksi ishlab chiqilsin va u amalga kiritilsin. Soliq kodeksi to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan hujjat bo‘lsin. Soliq kodeksida hamma stavkalar aniq ko‘rsatilsin. Har yili 29-dekabrda chiqadigan qaror bilan o‘zgartirib, odamlarga yetib borguncha bir oy o‘tadigan eski ahvoldan voz kechaylik. Biz ham butun dunyoda qabul qilingan andozalar, uslublarga o‘tishga qaratilgan", — deb qo‘shimcha qildi Jamshid Qo‘chqorov.

Yangiliklar lentasi
0