Bosh vazir o‘rinbosari: soliq tizimi adolatli bo‘lishi kerak

Obuna bo‘lish
Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar hamda tadbirkorlarni soliqqa tortish tizimi haqida gapirdi

TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. 2-iyul kuni Toshkentda "O‘zekspomarkaz"da bo‘lib o‘tgan Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasida Bosh vazir o‘rinbosari, Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov o‘tgan haftada prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan tarixiy hujjat — O‘zbekiston yangi soliq konsepsiyasining ahamiyati haqida o‘z fikrlarini aytib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Bosh vazir o‘rinbosari Qo‘chqorov: soliq tizimidagi eng yomon illatlar yo‘q qilindi

Sessiyada shuningdek, Iqtisodiyot vaziri Botir Xo‘jayev, Davlat soliq qo‘mitasi raisi Begzod Musayev, Davlat bojxona qo‘mitasining birinchi o‘rinbosari Jasur Aripov, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori o‘rinbosari Go‘zal Islomova, Savdo-sanoat palatasi raisi Adxam Ikramov spiker sifatida qatnashdilar.

Jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar

Soliq konsepiyasining ikkinchi ahamiyati aholi daromadlarini soliqqa tortish, ish haqi jamg‘armasi o‘zgarish bo‘lmoqda. Eng asosiy masala — moliyaga tushadigan aholini legallashtirish, dedi Moliya vaziri.

"Bir raqam keltiraman, bugungi kunda O‘zbekistonda 13 million kishi mehnatga layoqatli bo‘ladigan bo‘lsa, bizda jismoniy shaxslardan olinadigan soliq to‘lovchilar, ya’ni INN raqami bo‘yicha soliq to‘layotganlar bor yo‘g‘i 4,6 million kishi. Endi ikkinchi tomondan, bizda nechta odam pensiya oladi deb so‘rasa, ular soni 3,3 millionni tashkil qiladi. Demak, 4,6 million odam 3,3 million pensionerning pensiyasini ta’minlab berishi kerak. Bu ko‘pmi yoki kam? Qo‘pol qilib aytadigan bo‘lsak, 1,5 ta ishchi bitta pensionerni boqishi kerak. Bunday ko‘rsatkich Yevropaning eng qarib borayotgan mamlakatlariga xos — bu Italiya, Avstriya Bizda yosh millat bo‘lishiga qaramasdan, mana shunday ahvol. Demak, muhtaram prezidentimiz qaror qabul qildilarki, ish haqi jamg‘armasida soliqni keskin kamaytirish, shuning hisobiga ish beruvchi va ishlovchining ham mehnatini yashirmasligi, berkitmasligini oldini olish, shunga sharoit yaratish. Buning e’tibor bersangiz, stavkada 12 % ishlovchi, 12 % ish beruvchi to‘laydi. Bu o‘zicha amerikacha tamoyil, mutaxassislar yaxshi bilishadi. Amerikada ham ish haqi jamg‘armasidan to‘lanadigan soliqlar yoki pensiya sug‘urta to‘lovlarini aytadigan bo‘lsak 50ga 50 to‘lanadi", — dedi Moliya vazirligi rahbari.

Tadbirkorlarni soliqqa tortish tizimi

Bosh vazir Jamshid Qo‘chqorov o‘z nutqida yana bir muhim masalaga e’tibor qaratdi. Bu masala — tadbirkorlarni soliqqa tortish tizimi tartibga keltirish.

Papka s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston yangi Soliq kodeksi 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi - prezident farmoni

"Asosiy soliq to‘lovchilar uchun bir xil sharoit yaratish, hamma teng soliq to‘lashi kerak. Albatta kimgadir soliq yuki oshadi, buni ochiq tan olishimiz kerak. Lekin bu adolatdan. Yangi soliq tizimining asosiy tamoyillaridan biri bu — adolat. Bir xil daromad olib, ikki korxona ikki xil soliq to‘lashi mumkin emas. Soliq tizimi odamlar yashash psixologiyasi, falsafasidan kelib chiqishi kerak. Demak, odamzod paydo bo‘libti doim adolatga intiladi, shundan kelib chiqib, soliq tizimi adolatli bo‘lishi kerak. Misol uchun katta korxonada 30 mln dollar aktiv bo‘lsada, uni kichik korxona deb 199 kishilik odam qilib qo‘yib, keyin hamma farrosh va hokazolarni autsorsinga berib, men o‘zimni "maliy" korxona deb 5 % to‘lashim kerak. Bu albatta noto‘g‘ri. Bular ko‘proq tulaydi, demak, bugun kimdir ayuxannos solishi mumkin — bizga soliq to‘lovi oshdi, deb. Ha oshdi, buni ochiq oydin aytishimiz kerak. Lekin 1-yanvardan boshlab nasib bo‘lsa, adolat bo‘ladi. Adolat bo‘ladiki, soliq hamma uchun bir xil, chunki hammamiz baravar maktabdan foydalanamiz, hammamizning xavfsizligimiz ta’minlanadi. Shu nuqtayi nazardan adolat masalasini aytib o‘tsak. Buni xalqaro ekspertlar va ichki ekspertlar ham aytapti. Ular ham yagona soliq to‘lashayapti, ko‘rib turibman, lekin buni to‘xtatinglar — bu adolatdan emas deyishapti. Bu kishilar o‘zlari adolatga intilyapti. Chunki umuman olganda uzoq istiqbolni oladigan bo‘lsak, ular uchun mana shu yangi kiritiladigan tartib ularning maqsadlariga mos keladi", — dedi Qo‘chqorov.

Yangiliklar lentasi
0