O‘zbekiston va Finlyandiya o‘rtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Obuna bo‘lish
Ushbu aloqalar Finlyandiya investitsiyasi va yuqori texnologiyalarini jalb qilish orqali qo‘shma ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro savdoni kengaytirishga qaratilgan.

TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. 2018-yil 30-iyun kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Finlyandiya Respublikasining respublikada o‘z diplomatik missiyasini yakunlayotgan Favqulodda va Muxtor Elchisi Niklas Lindkvistni qabul qildi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Ministr inostrannix del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov vstretilsya s delegatsiyey Organizatsii po bezopasnosti i sotrudnichestvu v Yevrope vo glave s Generalnim sekretarem Tomasom Gremingerom. - Sputnik O‘zbekiston
Abdulaziz Kamilov YeXHT bosh kotibi bilan uchrashdi

Suhbat davomida turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Shu o‘rinda hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash va kelishish imkonini beruvchi vazirliklararo muntazam maslahatlashuvlarni o‘tkazish tajribasini davom ettirishning amaliy ahamiyati ta’kidlandi.

Uchrashuvda uchinchi majlisi 2002-yilda bo‘lib o‘tgan Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiya ishini qayta boshlash masalasi ham ko‘tarildi.

O‘zbekiston va Finlyandiya ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish va mustahkamlashga har taraflama ko‘mak berishga tomonlar tayyor ekanlidi ta’kidlandi. Ushbu aloqalar Finlyandiya investitsiyasi va yuqori texnologiyalarini jalb qilish orqali qo‘shma ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro savdoni kengaytirishga qaratilgan.

Madaniy-gumanitar, turizm va boshqa sohalarda muntazam almashinuvlar amaliyotini davom ettirishga qiziqish bildirildi.

Suhbat yakunida Abdulaziz Kamilov Finlyandiya Elchisiga diplomatik vakolatxona rahbari sifatida O‘zbekistondagi besh yilga yaqin muvaffaqiyatli faoliyati uchun minnatdorlik izhor etdi.

Elchi Niklas Lindkvist diplomatik missiyasini samarali ijro etish uchun yaratilgan qulay sharoit uchun minnatdorlik bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0