Abdulaziz Kamilov YeXHT bosh kotibi bilan uchrashdi

© MID UzbekistanaMinistr inostrannix del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov vstretilsya s delegatsiyey Organizatsii po bezopasnosti i sotrudnichestvu v Yevrope vo glave s Generalnim sekretarem Tomasom Gremingerom.
Ministr inostrannix del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov vstretilsya s delegatsiyey Organizatsii po bezopasnosti i sotrudnichestvu v Yevrope vo glave s Generalnim sekretarem Tomasom Gremingerom. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
YeXHT vakillari O‘zbekistonda amalga oshirilgan islohotlar mamlakatni mutlaqo yangi darajaga olib chiqqanini va YXHT bilan hamkorlikni kengaytirish uchun aniq imkoniyatlar yaratganini qayd etishdi.

TOShKENT, 11-iyun — Sputnik.  Bugun O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Tomas Greminger boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda TIv matbuot xizmati. 

Zavazanie ruki, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston IIV va YeXHT delegatsiyasi odam savdosiga qarshi kurashishni muhokama qildi

Greminger boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga YeXHT bilan o‘tkaziladigan "Terrorizmga olib keluvchi tajovuzkor ekstremizm va radikalizmning oldini olish hamda ularga qarshi kurashishda yoshlarning roli" mavzusidagi xalqaro konferensiya ishida ishtirok etish uchun kelgan.

Uchrashuvda, ikkala tomon ham O‘zbekiston prezidenti tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan ushbu xalqaro anjuman mavzusi dolzarb ekanini qayd etishdi. Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi minbaridan turib — bugungi kunda yoshlar insoniyatning ikki milliardli avlodi bo‘lib, ertangi kunimiz, qolaversa sayyoramizning farovonligi ham ularga bog‘liq, degan edi. 

Shuningdek, YeXHT vakillari, O‘zbekiston davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholab, ular "O‘zbekistonni siyosiy rivojlanishning mutlaqo yangi darajaga olib chiqqanini va YeXHT bilan hamkorlikni kengaytirish uchun aniq imkoniyatlar yaratganini" qayd etishdi.

Suhbat davomida YeXHTning barcha uch o‘lchamlarida hamkorlikni davom ettirish va rivojlantirishdan tomonlar manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.

Uchrashuvda 26-27-mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya yakunlari nuqtayi-nazaridan mintaqaviy muammolar yuzasidan ham fikr almashildi. 

Yangiliklar lentasi
0