Tojikistonda xorijlik kuyovlardan 50 ming $ qalin puli olish taklif qilindi

© SputnikPrazdnovanie Navruza v Dushanbe
Prazdnovanie Navruza v Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikistonda mahalliy qizlarga uylanmoqchi bo‘lgan xorijiy fuqarolardan 50 ming $ qalin puli olish taklif qilindi.

TOShKENT. 30-iyun — Sputnik. Tojikistonlik shoira Adibai Aziz mahalliy qizlarga uylanmoqchi bo‘lgan xorijiy fuqarolardan qalin puli olish haqida qonun qabul qilishni taklif qildi, deb yozmoqda Sputnik Tojikiston.

Shoira fikriga ko‘ra, qalin pulining yarmisi kelinning shaxsiy hisob raqamiga tushishi kerak. Ikkinchi yarmisi esa teng besh bo‘lakka bo‘linib: qizning otasi, onasi, davlat budjeti, yetim bolalar fondi va invalidlar xayriya fondlariga yuborilishi kerak.

Facebookda chop etilgan shoiraning ushbu g‘oyasi katta shov-shov va tortishuvlarga sabab bo‘ldi. Muhokamada ishtirok etayotganlar asosan ikki guruhga bo‘lishindi: birinchi guruhdagilar ushbu g‘oya insoniylik tushunchalaridan uzoqligi va tojik qizlariningg erkinligini cheklashi hamda ularni tovarga aylantirishi mumkinligini aytishmoqda.

To‘y libosi - Sputnik O‘zbekiston
Tojikistonda qarindoshlar o‘rtasida nikoh ta’qiqlandi

Ikkinchi guruh vakillari fikriga ko‘ra – ushbu chora tojik qizlariga uylanishni istayotgan xorijliklar soni tobora ko‘payib borayotgan vaqtda milliy genofondini himoya qilishga xizmat qiladi.

Shoira fikriga ko‘ra, qalin puli xorijliklar oldida tojik qizlarining obro‘sini oshiradi va oilada munosabatlar yomonlashganda tojik qizlarining huquqlarini poymol qilishga yo‘l qo‘ymaydi.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Tojikistonda xorijliy kuyovlar chun qalin puli to‘lash majburiyati yo‘q bo‘lsada bir qator shartlar bor. Masalan bo‘lajak kuyov uylanishdan oldin Tojikistonda kamida bir yil yashashi kerak, ikkinchidan kuyov kelin va bolalarning kelajagini ta’minlash majburiyati belgilangan nikoh shartnomasi imzolashi kerak.

Yangiliklar lentasi
0