“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK samolyotlar parkini kengaytirmoqda

© Sputnik / StringerTorjestvennaya vstrecha novogo Boeing 787 Dreamliner v Tashkente
Torjestvennaya vstrecha novogo Boeing 787 Dreamliner v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2019 yil ikkinchi yarmida aviakompaniya parki ikkita yangi Boeing 787 Dreamliner samolyoti bilan to‘ldirishi kutilmoqda.

TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK Rivojlantirish strategiyasi va aviaparklarni modernizatsiya qilish dasturiga muvofiq, o‘z parkini yangi zamonaviy avialaynerlar bilan to‘ldirishni davom etmoqda. Shu yilning dekabr yilda milliy aviakomapniya ikkita Airbus A320 Neo samolyotlarini olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri milliy aviakompaniya matbuot xizmatiga tayangan holda xabar qildi. 

Vertolet Mi-8 - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zbekiston havo yo‘llari" go‘zal go‘shalarga vertolotlarda sayr qilishni taklif etmoqda

O‘z segmentidagi eng zamonaviy A320 Neo samolyotlarini ikki klassli komponovkada (150 o‘rindiqqa ega 12 biznes va 138 ta ekonom klass) buyurtma qilingan. Yangi samolyotlar dvigatellarning yoqilg‘i tejamkorligi va fujelyaj konstruksiyasidagi zamonaviy ishlanmalar tufayli oldingilarga nisbatan 20 foizga tejamkor bo‘ladi. Ularning parvoz masofasi 4,5 mingdan 6 mingdan ortiq kilomertgacha uzaytirilganligi butun Markaziy Yevropa bo‘ylab qatnovlarni qoplash imkonini beradi.

2019 yil ikkinchi yarmida aviakompaniya parki ikkita yangi Boeing 787 Dreamliner samolyoti bilan to‘ldirishi kutilmoqda. 2020-yil boshida oltinchi Dreamliner bilan esa, O‘zbekiston milliy aviakompaniyasi MDH davlatlariga ushbu turdagi samolyotlarning yetakchi ekspluatanti bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, yangi MAK laynerlari qulay keng o‘rindiqlar, ahohida har bir yo‘lovchi uchun mo‘ljallangan individual ko‘ngilochar dasturli monitorlar, aloqa va Wi-Fi tizimlari bilan jihozlangan bo‘ladi. Samolyotlar dizayni uchun yangi yondoshuv parvoz vaqtida yo‘lovchi maksimal qulaylikni ta’minlaydi.

Bugungi kunda Milliy aviakompaniya aviparki zamonaviy va qulay Boeing-757/767, Boeing-787-8 Dreamliner, A320 havo kemalari hamda Boeing-767-300BCF yuk samolyotlaridan iborat.

Yangiliklar lentasi
0