TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Xalq ta’limi vazirligi tizimni tubdan isloh qilish maqsadida maktab ta’limini yuksaltirishda aniq takliflarga ega bo‘lgan shijoatli, zamonaviy fikrlaydigan va eng muhimi yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga befarq bo‘lmagan yurtdoshlarimizni rahbar lavozimlarga taklif etadi.
Ma’lumotlar hr@xtv.uz elektron pochtasiga yuborilishi kerak.
Nomzodlar xatda ismi sharifi, yashash manzili, bog‘lanish uchun ma’lumotlar (telefon, e-mail, telegram) singari ma’lumotlarni kshrsatib shtishlari talab etiladi.
Shuningdek, nomzod o‘zini tizimdagi qaysi bo‘g‘inni rivojlantira olaman deb o‘ylashi (vazirlik markaziy apparati bo‘linmalari, viloyat boshqarmalari, tuman(shahar) bo‘limlari, ta’lim muassasasi rahbarlari lavozimiga) va shu lavozimga nega aynan o‘zini munosib ko‘rayotganini 100 tagacha so‘z bilan ifodalab berishlari kerak bo‘ladi.
Shuningdek, CV yoki shaxsiy ma’lumotnoma hamda 3x4 xajmdagi rasm ilova qilinishi kerak bo‘ladi.