Qozog‘iston kuzda O‘zbekistonga benzin eksport qilishni boshlaydi

© Sputnik / Svetlana Mayorova / Mediabankka o‘tishPloshadka slivnix jeleznodorojnix estakad
Ploshadka slivnix jeleznodorojnix estakad - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yil oxiriga qadar Qozog‘iston Markaziy Osiyo mamlakatlariga 400 ming tonna benzin yetkazib berishni rejalashtirmoqda.

TOShKENT, 27-iyun – Sputnik. Qozog‘iston Respublikasi ushbu yilning kuz mavsumidan boshlab Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistonga benzin yetkazib berishni boshlaydi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Obyekti Moskovskogo NPZ Gazprom nefti - Sputnik O‘zbekiston
"Gazprom neft" O‘zbekistonga 1 mln tonna neft yetkazib beradi

Neft mahsulotlarini qayta ishlash, transportirovka qilish va marketingi bilan shug‘ullanadigan "Kazmunaygaz" kompaniyasi vakili Daniyar Tiyesov xabariga ko‘ra, yil oxiriga qadar Qozog‘iston 400 ming tonna benzin eksport qilishni rejalashtirgan.

Tiyesov aytishiga qaraganda, bugungi kunda Qozog‘istonda ortiqcha miqdorda benzin to‘planib qolgan va uning hajmi kun sayin oshib bormoqda. Ushbu yilning kuziga qadar Qozog‘iston hukumati barcha hamkor mamlakatlar bilan kerakli hujjatlarni imzolashni niyat qilgan.

Kelasi yilda Qozog‘iston Markaziy Osiyo mamlakatlariga yetkazib berilayotgan benzin hajmini 1-1,2 mln tonnaga yetkazishni rejalashtirgan.

Yangiliklar lentasi
0