“O‘zavtosanoat” raisi ishda yo‘l qo‘ygan kamchiliklari sababli bo‘shatildi

© FacebookStend kompanii UzAuto na vistavke
Stend kompanii UzAuto na vistavke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident Shavkat Mirziyoyev kuni kecha avtomobil sanoatida belgilangan ishlab chiqarish va eksport ko‘rsatkichlarini ta’minlash, tarmoqning rivojlanish istiqbollarini belgilash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. "O‘zavtosanoat" kompaniyasi boshqaruvi raisi Umidjon Salimov egallab turgan lavozimidan ozod etildi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri "O‘zbekiston 24" telekanalining "Axborot 24" dasturiga asosan.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev avtomobil sanoatidagi muammolarni sanab o‘tdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev kuni kecha avtomobil sanoatida joriy yil uchun belgilangan ishlab chiqarish va eksport ko‘rsatkichlarini ta’minlash, tarmoqning rivojlanish istiqbollarini belgilash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Unda avtomobil sanoati mamlakat iqtisodiyotida muhim o‘rin tutishi, lekin keyingi paytlarda ishlab chiqarish va eksport hajmi kamaygani qayd etildi. Tarmoqning barcha darajadagi boshqaruvida korrupsiya, tovlamachilik, tanish-bilishchilik kabi illatlar tomir otib ketgani tanqid qilindi.

"O‘zavtosanoat"ga avval Bosh prokuratura tizimida faoliyat ko‘rsatgan Shavkat Umurzoqov rahbar etib tayinlandi.

Yangiliklar lentasi
0