Norov O‘zbekiston va AQSh munosabatlari haqida gapirdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVladimir Norov
Vladimir Norov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
ShHT Bosh kotibi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti rahbari Vladimir Norov O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar qanday rivojlanayotgani haqida gapirdi.

TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. "O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlarida saylov bo‘lib o‘tganidan keyin, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar yangi bosqichga chiqdi va ikki davlat rahbarlari o‘rtasida muntazam ravishda o‘zaro aloqalar o‘rnatildi, dedi chorshanba kuni Xalqaro Press-klub yig‘ilishida ShHT Bosh kotibi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti rahbari Vladimir Norov. 

Amerikanskiy ekspert  i politolog Frederik Starr - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyevning siyosati Markaziy Osiyoni muhim mintaqaga olib chiqdi - Frederik Starr
XPKning navbatdagi yig‘ilishi amerikalik siyosatshunos — Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti raisi Frederik Starrning "O‘zbekistonning yangi qiyofasi" kitobi muhokamasiga bag‘ishlandi.

Tadbirda spikerlardan biri sifatida ishtirok etgan Vladimir Norov O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarining hozirgi va istiqboldagi holati haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Xususan, O‘zbekiston va AQSh prezidentlari 2017-yilning o‘zida ikki marotaba — birinchi marta may oyida Saudiya Arabistonida — arab-musulmon davlatlar va AQSh sammitida, ikkinchi marta esa BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi davomida yuzma-yuz uchrashishganini qayt etdi.

"AQSh ma’muriyati shu yilning may oyida prezident Donald Trampning shaxsiy taklifiga binoan O‘zbekiston prezidentining ushbu davlatga qilgan tashrifini "tarixiy" deb baholadi. Bundan tashqari, ular tomonidan mazkur oliy darajadagi muzokaralar ikki davlat o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yangi davri sifatida baholandi", — dedi Norov.

ShHT Bosh kotibining so‘zlariga ko‘ra, amerikalik senatorlar oxirgi yillarda O‘zbekiston va AQSh munosabatlari oldinlab ketganini, bunday aloqalar shu yillargacha kuzatilmaganini e’tirof etishgan.

O‘zbekiston prezidentining AQSh Kongressi va yetuk tashkilotlarda o‘tkazgan muzokaralari natijasi shuni ko‘rsatgan-ki, O‘zbekistonda keng ko‘lamli islohotlar va o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlashda AQSh yuqori siyosiy doiralarda yagona pozitsiyaga ega. Jumladan, Oq Uyda bo‘lgan uchrashuvda AQSh prezidenti Donald Tramp O‘zbekistonda ro‘y berayotgan muhim siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarni, erishilgan natijalarni "ulkan taraqqiyot", deb baholagan.

Rukopojatie - Sputnik O‘zbekiston
AQSh va O‘zbekiston korxonalari orasida imzolangan shartnomalar ro‘yxati

"O‘zbekiston prezidentining AQShga tashrifini ikki tomonlama munosabatlarda sifat jihatdan keskin burilish bo‘lganligining yorqin ifodasi, deb bilamiz. Vashingtonda bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida ikki mamlakat prezidentlari O‘zbekiston va AQSh yangi davrining boshlanishi deb nomlangan Qo‘shma bayonotni qabul qilishdi. Shuningdek turli sohalarda o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan bir qator salmoqli hujjatlar imzolandi", — deb ta’kidladi Norov.

O‘zbekiston prezidentining AQShga rasmiy tashrifi, nafaqat Toshkent va Vashington o‘rtasidagi munosabatlarda yangi sahifani ochdi, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasining siyosiy hayoti uchun muhim voqea bo‘ldi. Shu bilan birga, hozirgi kunda bir qator dolzarb masalalar yechimi ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanishiga bog‘liqdir.

"Prezidentimizning mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirish, Afg‘onistonda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash kabi tashabbuslarini AQSh va dunyoning boshqa yetakchi davlatlari qo‘llab-quvvatlamoqda", — dedi diplomat va shu o‘rinda Trampning Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent anjumani muvaffaqiyatli o‘tgani bilan O‘zbekiston prezidentiga yo‘llagan samimiy tabrigini esga oldi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na vstreche s Donaldom Trampom - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha muhim shartnomalar imzolandi
Mirziyoyevning AQShga tashrifi, nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasining iqtisodiy rivojlanishi uchun yangi istiqbol va imkoniyatlarni yaratdi. Tashrif davomida, O‘zbekistonda muhim bo‘lgan investitsion dasturlarni amalga oshirish maqsadida ikki davlat kompaniyalari tomonidan 20dan ortiq hujjatlar — bitim va shartnomalar imzolandi, deydi diplomat.

Ikki tomonlama imzolangan tijorat shartnomalari va bitimlar yetakchi xorijiy davlatlar ishbilarmonlari doiralarida O‘zbekiston bozorining uzoq muddatli barqaror rivojlanishi va jozibadorligi borasida ishonch uyg‘otadi, bu esa, albatta, yaqin kelajakda O‘zbekistonga transmilliy kompaniyalar va xalqaro moliya institutlarni sarmoyalarni olib kelishiga asos bo‘ladi va zamin yaratadi, deya ishonch bildirdi Norov.

Siyosatchiga ko‘ra "O‘zbekiston prezidentining AQShga tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlar ikki davlat munosabatlarida o‘zaro hamjihatlikni namoyon etmoqda. "Mirziyoyevning AQShga tashrifi natijasida ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarning yanada rivojlanishi va mustahkamlanishi O‘zbekistonning xalqaro nufuzi oshishida muhim qadam bo‘ladi", deb o‘z fikrini yakunladi diplomat.

Yangiliklar lentasi
0