Harbiylarning farzandlariga qanday imtiyozlar berildi?

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVoyennoslujashie VS RUz
Voyennoslujashie VS RUz - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston prezidenti tomonidan qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorining Nizomini tasdiqladi

TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. Harbiy xizmatchilarning farzandlarini kvota asosida o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga Mudofaa vazirligi matbuot-xizmati.

Torjestvennoe meropriyatie posvashennoy vozvrasheniyu domoy. Tashkentskiy voyenniy okrug, gorod Chirchik - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston harbiy xizmatchilariga imtiyozli avtokredit beriladi
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018-yil 14-iyunda qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorining Nizomini tasdiqladi.

Unga asosan tavsiyanomalar quyidagi harbiy xizmatchilarga beriladi:

— Mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shgan, jangovar-xizmatda va ilmiy faoliyatda muayan natijalarga erishgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar (idoralar)ning haqiqiy xizmatni o‘tayotgan ofitserlariga, serjantlar va oddiy askarlar tarkibiga mansub bo‘lgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga — bevosita komandirlari (boshliqlari) tavsiyanomasiga asosan ular farzandlarining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun;

— Harbiy xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan hamda harbiy xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida yaradorlik, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron bo‘lib qolgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning ofitserlari, serjantlar va oddiy askarlar tarkibiga mansub bo‘lgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilari farzandlariga beriladi.

Voyennie ucheniya v Andijane - Sputnik O‘zbekiston
Andijondagi harbiy qism xizmatchilari ommaviy qirg‘in quroli hujumini "qaytardilar"
Tavsiyanomalar blankalarini tayyorlash vazirliklar va idoralar tomonidan Davlat budjeti parametrlarida har yili ushbu vazirliklar va idoralar uchun nazarda tutiladigan mablag‘lar hisobiga "Davlat belgisi" davlat-ishlab chiqarish birlashmasida amalga oshiriladi.

Tavsiyanomalarni berish masalasini ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklarda vazirlik rahbarining tegishli masalalar bo‘yicha o‘rinbosari raisligida komissiya tuziladi.

Kamida besh nafar rahbar xodimlar va vakolatli mutaxassislardan iborat bo‘lgan komissiya O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik (idora) rahbarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

Yangiliklar lentasi
0