TOShKENT, 6-iyun – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-may kuni tashrif buyurgan Andijondagi harbiy qism harbiy xizmatchilari ommaviy qirg‘in qurollaridan himoyalanish bo‘yicha jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlari o‘tkazdilar.
Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiriga O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot-xizmati.
Ta’kidlanishicha, Andijon shahridagi Sharqiy harbiy okrugga qarashli ushbu harbiy qismda askarlar o‘quv yili rejasiga asosan 5 kunlik jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlariga jalb etildi.
Mudofaa vazirligi matbuot-xizmati vakilining so‘zlariga ko‘ra, harbiy mashg‘ulotlarda batalon komandiri tomonidan o‘zlariga biriktirilgan qurol-aslahalar bilan maydonda saf tortgan 200ga yaqin harbiylarga harbiy-siyosiy vaziyat, shartli dushman va uni yengish usullari yetkazilgan hamda jangovar buyruq berilgan.
Qisqa vaqtda tayyorlangan shaxsiy tarkib 30 dan ziyod jangovar texnikalarda 120 km masofaga marsh yurgan.
Dala o‘quv maydoniga yetib kelgan bo‘linmalar bilan 10 ta o‘quv joyida amaliy mashqlar tashkil etilgan. Harbiy mashqlar: taktika, topografiya, muhandislik, ommaviy qirg‘in qurollaridan himoyalanish, aloqa tayyorgarligi, jangovar mashinalarni boshqarish, qurollardan kunduzi va tunda o‘q otish bo‘yicha o‘tkazilgan.