Jamiyat

Oʻzbekiston tashabbusi BMT rezolyutsiyasiga aylandi

© Sputnik / StringerFlagi stran-chlenov OON
Flagi stran-chlenov OON - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
BMT Bosh Assambleyasi Oʻzbekiston tomonidan ishlab chiqilgan rezolyutsiyani qabul qildi.

TOSHKENT, 24 iyun – Sputnik. BMT Bosh Assambleyasi “Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni taʼminlash boʻyicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash” nomli rezolyutsiyani qabul qildi deb xabar qilmoqda Uza.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vыstupil na 72-y Genassambleye OON - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh assambleyasining 72 sessiyasidagi nutqi

Oʻzbekiston tomonidan qoʻshni mamlakatlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan ushbu hujjatni BMTga aʼzo barcha davlatlar bir ovozdan qoʻllab-quvvatladi.

Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerika, Osiyo va Afrikaning 55 mamlakati ushbu rezolyutsiya hammualliflari boʻldi. Ular orasida Avstraliya, Avstriya, Afgʻoniston, Belarus, Germaniya, Italiya, Hindiston, Indoneziya, Kanada, Nigeriya, Norvegiya, BAA, Koreya Respublikasi, Singapur, Turkiya, Shveytsariya, Ekvador va boshqa mamlakatlar bor. Hujjatni ishlab chiqish boʻyicha maslahatlashuvlarda Markaziy Osiyoning barcha yetakchi hamkor davlatlari, jumladan, Rossiya, XXR, AQSH va YEI mamlakatlari faol va konstruktiv tarzda ishtirok etdi. 

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil sentyabr oyida Nyu-Yorkda boʻlib oʻtgan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidasoʻzga chiqib — Markaziy Osiyo davlatlarining xavfsizlikni taʼminlash va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash borasida maxsus rezolyutsiya kiritishni moʻljallaganmiz, degan edi.

Konferentsiya po obespecheniyu bezopasnosti i ustoychivogo razvitiya v Tsentralnoy Azii - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Samarqand anjumani va Mirziyoyev doktrinasi – xolis nazar

Rezolyutsiyada Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqada tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni taʼminlash, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashdagi muhim roli eʼtirof etiladi. Markaziy Osiyo davlatlarining xavfsizlik va taraqqiyot sohalaridagi mintaqaviy va xalqaro tashabbuslari alohida qayd etiladi. 

Rezolyutsiyada Bosh Assambleya mintaqa mamlakatlari tomonidan Markaziy Osiyoda barqarorlik va iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan saʼy-harakatlar va tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlashi bayon etiladi.

Ikkinchidan, Markaziy Osiyoda xavfsizlikni mustahkamlash, suv va energiya manbalaridan unumli va kompleks foydalanish, Orol dengizi qurishi bilan bogʻliq ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy asoratlarni yumshatish, mintaqada zamonaviy transport va tranzit tizimini tashkil etish, maʼrifat, fan, texnologiyalar, innovatsiyalar, turizm, madaniyat, sanʼat va sport sohalaridagi aloqalarni chuqurlashtirish yoʻnalishlarida ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish muhimligi qayd etiladi.

Sovmestnoye foto uchastnikov konferentsii po Afganistanu v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Afgʻoniston boʻyicha Toshkent anjumani: kutilgan reaktsiya, AQSH pozitsiyasi va tinchlik sulhi

Uchinchidan, Markaziy Osiyo davlatlarining Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga koʻmaklashishga qaratilgan birgalikdagi saʼy-harakatlariga alohida eʼtibor qaratiladi.

Toʻrtinchidan, Rezolyutsiya xalqaro hamjamiyat, xususan, BMT tizimidagi ixtisoslashgan muassasalar, jamgʻarma va dasturlarni mintaqa mamlakatlari tomonidan koʻzda tutilayotgan Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik, integratsiya va barqaror taraqqiyotning ustuvor yoʻnalishlarini qoʻllab-quvvatlashga daʼvat etadi. 

Xulosa qilib aytganda, BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan rezolyutsiya Markaziy Osiyoni hamkorlikda umumiy muammolarni hal qilish, mintaqa taraqqiyoti va uning koʻp millionli aholisi farovonligini taʼminlashga qodir yaxlit jipslashgan mintaqa sifatida shakllanishida muhim bosqich boʻlib xizmat qilishi shubhasiz.

Yangiliklar lentasi
0