TOSHKENT, 24 iyun — Sputnik. Mudofaa vazirligiga qarashli oliy harbiy taʼlim muassasalari — Qurolli Kuchlar akademiyasi (umumqoʻshin fakulteti), Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot tezxnologiyalari universiteti maxsus fakulteti va Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi harbiy-tibbiyot fakultetida yosh ofitserlarning navbatdagi bitiruvi munosabati bilan tantanali tadbirlar oʻtkazildi.
Soʻzga chiqqanlar bitiruvchilarni samimiy muborakbod etib, keyingi xizmatida muvaffaqiyat va omadlar tiladi.

Oʻzbekiston Mustaqilligining 27 yilligi arafasida qoʻshinlarga yoʻllanma olgan leytenantlar Qurolli Kuchlar shaxsiy tarkibining jangovar tayyorgarligi maʼno-mazmunini tubdan oʻzgartirish, taktik, oʻquv mashqlarini puxta rejalashtirish, ularni jangovar sharoitlarga imkon qadar toʻla yaqinlashtirgan holda olib borish tizimini takomillashtirish, harbiy xizmatchilarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasida bor bilim va koʻnikmalarini ishga solib, oʻzlarining munosib ulushlarini qoʻshishiga ishonch bildirishdi.