O‘zbekistonda zahiradagi ofitserlar haqiqiy harbiy xizmatga chaqirildi

Obuna bo‘lish
Haqiqiy harbiy xizmatni o‘tash uchun chaqirtirilgan 300 nafardan ziyod ofitserlar tarkibi bilan o‘quv yig‘inlar tashkil etilmoqda

TOShKENT, 26-may – Sputnik. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida haqiqiy harbiy xizmatni o‘tash uchun chaqirtirilgan 300 nafardan ziyod ofitserlar tarkibi bilan o‘quv yig‘inlar tashkil etilmoqda, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.

Udarnie vertoleti Mi-35 - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga Rossiyaning hujumkor vertolotlari nima uchun kerak

Xabarga ko‘ra, respublikadagi oliy ta’lim muassasalarining harbiy kafedralarida tahsil olgan va ofitserlik lavozimlariga zahiradan tayinlangan ofitserlar hozirda Sharqiy, Toshkent, Markaziy, Janubi-g‘arbiy maxsus hamda Shimoli-g‘arbiy harbiy okruglarning dala o‘quv maydonlarida harbiy tayyorgarlikka oid nazariy va amaliy bilimlarini yanada mustahkamlash qatorida bo‘ysunuvidagi shaxsiy tarkib bilan mashg‘ulotlar tashkil etish va o‘tkazish uslublari haqida ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqda.

“Yosh leytenantlar motoo‘qchi, ta’minot va texnik bo‘linmalari komandiri, komandirning harbiy-vatanparvarlik, ma’naviy-axloqiy tarbiya va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari, tank va artilleriya bo‘linmalari komandiri va boshqa mutaxassisliklar bo‘yicha amaliy tayyorgarlikdan o‘tmoqda”, - deyiladi xabarda.

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari harbiy kafedralarida tayyorgarlikdan o‘tgan va zahiradagi (rezervdagi) “leytenant” harbiy unvoniga ega bo‘lgan fuqarolar shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatga, ofitserlik lavozimlariga tayinlanishlari uchun belgilangan tartibda doimiy harbiy hisobda turgan Mudofaa ishlari boshqarmasi yoki bo‘limlariga murojaat etishlari mumkinligi eslatib o‘tiladi vazirlik tomonidan.

Yangiliklar lentasi
0