TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Rossiyalik sport sharhlovchisi Vasiliy Utkin Twitterda Argentina-Xorvatiya o‘yini hamkamlik qilishi bo‘yicha Ravshan Ermatovni haqorat qilib, o‘zining noroziligini bildirdi.
Sharhlovchi fikriga ko‘ra, o‘zbekistonlik hakam o‘yinning ma’lum bir vaziyatda sariq kartochka ko‘rsatmadi.
Utkin keyinchalik yana bir "Nu vot, Rovshan Irmatov, davno pora. Nikogda ne pozdno vzatsya za um. Proshen, bingo!!" — deb tvit yozdi.
Utkin harakatlaridan norozi bo‘lgan internet foydalanuvchilar #utkinizvinis xeshtegli tvitlar yozishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Xorvatiya terma jamoasi Argentina jamoasini 3-0 hisobda mag‘lubiyatga uchratib, guruhdan keyingi bosqichga chiqdi.
Argentina — Xorvatiya o‘yini juda keskin tarzda o‘tdi. Ermatov 7 ta (Argentina — 3 ta, Xorvatiya — 4 ta) sariq kartochka ko‘rsatdi. Shuningdek, hakam bir necha marta olishayotgan futbolchilarni ajratdi.