TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Xorvatiya jamoasi Argentina jamoasini 3-0 hisobda mag‘lubiyatga uchratib, oldindan guruhdan keyingi bosqichga yo‘llanma oldi.
Barcha to‘plar ikkinchi taymda xorvatiyalik o‘yinchilari tomonidan amalga oshirilgan tezkor hujumlardan so‘ng darvozaga kiritildi.
Darvozabon xatosidan so‘ng birinchi golni Ante Rebich kiritadi. Ikkinchi gol Luka Modrich, uchinchi gol Ivan Rakitich hisobiga yozildi.
O‘yin juda keskin tarzda o‘tdi. Shuning uchun o‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatovga ish yetarli bo‘ldi.
O‘yin davomida Ermatov 7 ta (Argentina — 3 ta, Xorvatiya — 4 ta) sariq kartochka ko‘rsatdi. Shuningdek, bir necha marta olishayotgan futbolchilarni ajratdi.
Uchrashuv yakunida argentinalik futbolchisi tomonidan qo‘pollik qilgani uchun futbolchilar mushtlashib ketishiga ozgina qoldi. Biroq Ermatov bu masalani ustalik bilan hal qilib, ikki jamoa futbolchilarini tinchlantirdi.
Aytgancha, bu uchrashuv Ermatov uchun ikki terma jamoa ishtirokida to‘rtinchi o‘yin bo‘ldi.
2010 yilda Ermatov Argentina jamoasi bellashuvlarini ikki marta, 2014-yilda Xorvatiya bitta o‘yinda hakamlik qilgandi.
Ushbu o‘yin davomida Ravshan Ermatov bironta xatoga yo‘l qo‘ymadi va o‘yin jarayoni to‘liq nazorat qildi.
Xorvatiya Argentina ustidan g‘alabadan so‘ng 6 ochko bilan D guruhidan birinchi o‘rinda chiqdi. Ushbu guruhdagi so‘ngi o‘yinni Islandiya jamoasi bilan o‘tkazadi.
Lionel Messi jamoasi esa Nigeriya bilan maydonga tushadi. Argentina terma jamoasida keyingi bosqichga chiqish imkoniyati juda noaniq ko‘rinishda bo‘lib turibti.