TOShKENT, 22-iyun — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. O‘zbekiston poytaxtida yo‘l-patrul xizmati xodimlari endilikda jiplarda harakatlanishadi. Bu haqda juma kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Toshkent shahar IIBB rahbari o‘rinbosari, polkovnik Azizxon Umarxonov ma’lum qildi.
Polkovnikning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent shahridagi butun shaxsiy tarkib mobil-patrullari yo‘l tanlamaslar bilan ta’minlanadi.
IIBB rahbari o‘rinbosari o‘z nutqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "Toshkentda "komendant soati" o‘rnatilarmish" degan mazmundagi mish-mishlarga ham to‘xtalib o‘tdi. Bu mish-mishlar Toshkent shahrida tunu-kun uch smenali patrul xizmati yo‘lga qo‘yilishi haqidagi xabarlardan so‘ng tarqalib ketgan edi.
"Hech qanaqa "komendant soati" o‘rnatilmaydi. Xudoga shukr, bizda tinchlik hukm surmoqda. Poytaxt ichki ishlar bosh boshqarmasi quroldan uzoqlashmoqda. Endilikda xodimlarimizga jangovar qurol (to‘pponchalar) o‘rniga elektroshokerlar beriladi", — deya aniqlik kiritdi polkovnik va bo‘layotgan o‘zgarishlarning barchasi Toshkent aholisi hamda mehmonlarga qulaylik yaratish uchun amalga oshirilayotganini qo‘shimcha qildi.