Xotin-qizlar qo‘mitasi bekatda uxlagan o‘zbek ayoli haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

© auz.uzBekat
Bekat - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi yaqin o‘tmishda jurnalistlar tomonidan qo‘mitaga yo‘llangan savollarga, telefon qo‘ng‘iroqlariga javob bergan emas. Ushbu rasmiy munosabat Qo‘mita faoliyatida ijobiy o‘zgarishlar paydo bo‘la boshlaganidan darak beradi

TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Xotin-qizlar qo‘mitasi bekatda uxlagan o‘zbek ayoli haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Deti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda migrant ayollarning bolalari himoyaga olinadi
Rasmiy munosabat O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining Feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilingan.

"Maqola muallifiga o‘zini Zuxra Matqulova deb tanishtirgan ayolning Toshkent shahrida vaqtincha yashash manzili aniq bo‘lmaganligi sababli, hozir u qidirilmokda. Namangan viloyati xotin-kizlar qo‘mitasi tomonidan ham ayolning oilaviy muhiti o‘rganilmoqda va muammolar yuzasidan tegishli chora ko‘riladi. Qo‘mita Z.Matqulova taqdiri yuzasidan qo‘shimcha axborot berishini ma’lum qiladi", — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq qator o‘zbek OAVlarida erining janjallaridan Toshkentga qochib kelib, tunashga joyi bo‘lmaganligi sababli bekatda uxlab qolgan namanganlik ayol haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Keyinchalik aksariyat saytlar sahifasidan ushbu xabar o‘chirib yuborildi.

Yangiliklar lentasi
0