Jamiyat

Qirgʻiziston fohishalar qancha pul ishlashini sanashga tushdi

© AFP 2023 / ALEXANDER NEMENOVJenщina legkogo povedeniya
Jenщina legkogo povedeniya - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Qirgʻiziston milliy statistika qoʻmitasi respublika iqtisodiyotining soya ostida qolib ketayotgan tomoni, yaʼni fohishalar va narkotik moddalar savdosidan tushadigan daromadlarini hisoblab chiqishga qaror qildi.

Suhbatdoshimiz navbatdagi bor gaplar yozib olinmayotganiga ishonch hosil qildi, u biz bilan faqat anonim qolish sharti bilan suhbatlashishga rozi boʻldi, deb yozadi Sputnik Qirgʻiziston muxbiri.

Muxbirning yozishicha, ayol fohishalik-sanoatida koʻp yillar davomida ishlagan va ushbu biznesdagi narx-navolardan yaxshi xabardor.

Devushka na doroge - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
IIBB Qoʻyliqda fohishalar toʻplanishiga barham berish usulini topdi

"Daromadimiz ayolning qayerda ishlashiga bogʻliq: deylik koʻchadami, saunada yoki oʻziga ishlashiga. Eng arzon fohishalar aloqa uchun 500 som oladi va oʻziga xos "tochka"larda ishlaydi", — deydi ochiqcha tan olib ayol.

Saunalarda ishlaydigan ayollarning oʻrtacha daromadi soatiga 1000 dan 3000 somgacha. Odatda oldindan qilingan qoʻngʻiroq asosida seks-ishchilari mingan miniven shahar saunalariga yetib keladi.

"Odatda, eng koʻp pulni oʻzi uchun ishlaydigan ayollar, yaʼni "elitka" deb ataluvchilari oladi. Ularning xizmati soatiga 1000 dollargacha ham boʻlishi mumkin", — deydi ayol.

Biroq, soʻnggi vaqtlarda ayollar tobora veb-kamera sanoatiga oʻtib olishmoqda. Suhbatdoshning soʻzlariga koʻra, bu foyda va anchayin xavfsiz hisoblanadi.

Qora statistika — seks-sanoati qanday qilib milliy statistikasi qoʻmitasi tinchini buzdi

Qirgʻizistonda fohishalar va narkotik savdosi bilan shugʻullanuvchilarning daromadlarini hisoblab chiqishmoqchi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi iqtisodiy statistika va milliy hisoblar boshqarmasi bosh mutaxassisi Nargiza Kuneva bayonot berdi.

Massaj - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Qizlar nogironligi bor odamlarga jinsiy aloqa qilishlariga yordam berishmoqda - ular kim?

"Hozirgi vaqtda narkotik moddalar savdosi, intim xizmat koʻrsatish, brakonyerlik, kontrabanda va boshqa noqonuniy faoliyat turlari boʻyicha tajriba tariqasida hisob-kitoblar olib borilmoqda", — deydi Kuneva.

Statistika xodimlarining taxminiy hisob-kitoblariga qaraganda, Qirgʻiziston iqtisodiyotining toʻrtdan bir qismi bu kabi faoliyatga toʻgʻri keladi, bu yerda daromad qiymatini hisoblash juda qiyin.

Idorada taʼkidlanishicha, Milliy statistika qoʻmitasi mutaxassislari faqat mablagʻlarni hisoblab chiqadi. Bu raqamlar taqdirini boshqa davlat organlari hal qilishadi.

Seks sanoati hamoyoniga qoʻl solmoq — Qirgʻizistonga bu maʼlumotlar nima beradi

Siyosatshunos Sheradil Baktigulov fikriga koʻra, bu raqamlar Qirgʻizistonga noqonuniy faoliyat natijasida yetkazilayotgan ziyon miqdorini hisoblashga yordam beradi.

"Hozircha biz faqat kuch harakatlarini qoʻllamoqdamiz — aniqlash, hibsga olish va yoʻq qilish. Biroq, qaysi yoʻnalishda ishlash kerakligini baholashga imkon beradigan moliyaviy vositalar ham mavjud", — deydi Baktigulov.

Ushbu maʼlumotlar huquqni muhofaza qiluvchi idoralar uchun juda muhimdir. Ammo fohishalar va narkotik moddalar savdosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar davlat byudjetiga taʼsir qilmaydi.

Devushka legkogo povedeniya - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Endi fohishaxonaga borganlarga jarima solinishi mumkin

"Agar bu daromadlar YAIMga qoʻshilsa, albatta statistik iqtisodiy koʻrsatkichlar oshadi, ammo hech qanday aniq oʻzgarishlar sodir boʻlmaydi", — deydi iqtisodiy-ekspert Nurgul Akimova.

Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, fohishalarning daromadlari oyiga 10 million dollarga yetishi mumkin!

Nima uchun boshqa davlatlarda fohishalar daromadlarini hisoblashadi?

Gretsiyada seks-sanoatining daromadlarini hisoblash bilan juda qiziqarli holat sodir boʻldi. Oʻn ikki yil oldin iqtisodiy koʻrsatkichlar past boʻlganligi tufayli bu mamlakatni Yevroittifoqdan chiqarib tashlashiga oz qolgan edi.

Afina ayyorlik qildi: u yerda hisob-kitoblarga fohishalar daromadlarini qoʻshib yuborishadi. Shunday qilib Gretsiyaning YAIM koʻrsatkichi keskin 25 foizga koʻtarilib ketdi!

Gretsiya hukumatining uddaburonligiga qaramasdan, Bryussel bunday urinishni maʼqullamadi. Sakkiz yildan soʻng bu hisob-kitoblarda yangi vazifa paydo boʻldi: Yevroittifoq barcha davlatlarga YAIM teng sharoitda taqqoslash uchun imkoniyatga ega boʻlish maqsadida hisob-kitoblarga intim xizmat va narkotik savdosi daromadlarini kiritish tavsiya etildi.

Buyuk Britaniya xalqaro tajriba ham yorqin misol boʻla oladi. Milliy statistik hisobotiga koʻra mamlakatda jami 61 ming fohishalar mehnat qilmoqda.

Hodisalar
Oʻzbekistonda "jinsiy qullik"ka joʻnatish bilan shugʻullangan ayol qoʻlga olindi

Bir ayol haftasiga 25 ta mijoz jalb qilishi aniqlandi. Ulardan har biri tashrif uchun 67 funt (6 ming som atrofida) pul toʻlaydi. Shunday qilib, bir yilda daromad 3 milliard funt (273 milliard som) boʻladi.

Intim xizmatlar sohasidagi hisob-kitoblarda britaniyalik hisobchilarda qiyinchiliklar yuzaga keldi. Agar politsiya fohishalar soni haqida maʼlumotlarni taqdim eta olgan boʻlsa, xizmat haqi haqida maʼlumot internetdan va fohishaxonalardan bilishga toʻgʻri keldi. Hisob-kitoblarga kontratseptiv vositalar va intim kiyim harajatlari ham kiritildi — bitta mijozga 50 tsent.

Vengriya tajribasi ham juda qiziq. Hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun hukumatga fohishalar uyushmasi yordam berdi. Diqqatga sazovor boʻlgan tavsilot: agar mijoz sifatida xorijiy turist boʻlsa, seks-ishchining xizmati eksport sifatida koʻriladi.

Yangiliklar lentasi
0