TOSHKENT, 4 iyun — Sputnik. Toshkent shahar IIBB ijtimoiy masʼuliyati pastlashib ketgan qizlarning eng sevimli joyiga aylangan Qoʻyliq bozori oldida tartib oʻrnatish boʻyicha choralarni qabul qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.
Bu joy xalq orasida yomon maʼnoda mashhur boʻlib, bu yerda kamida besh yildan buyon fohishalik bilan shugʻullanuvchi ayollarning sevimli joyiga aylangan. Shuningdek ayol-mardikorlar ham aynan shu yerda toʻplanishadi.
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bu yerga vaqti-vaqti bilan reydlar uyushtirib turgan, ammo bu koʻp samara bermas edi — oradan yana ikki-uch kun oʻtib koʻprik ostidagi "pyatachok" yana avvalgi sershovqin hayotiga qaytar edi.
Vaziyatni oʻnglash uchun huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bir martalik aktsiyalar bilan chegaralanmaslikni, balki qatʼiy choralar koʻrish qarorini qabul qildi. Endilikda bu yerda doimiy nazorat oʻrnatish Patrul-post xizmati budkasi oʻrnatilgan va militsiya xodimlari tomonidan tunu-kun nazorat olib borilmoqda.
Ikkinchi xuddi shunday budka Brodvey nomi bilan mashhur turistik koʻchada joylashtirilgan. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bu yerda faqatgina navbatchilik qilish bilan cheklanishmaydi. Ushbu budkaga yaqinda joylashgan kameralar ham ulangan boʻlib, militsiya xodimlari bu orqali katta territoriyada kuzatuv olib bormoqdalar. Bu ularga xavf tugʻilgan taqdirda tezkorlik bilan uni bartaraf etish imkonini taqdim etadi.