Tolibon uch kunlik yarashuv e’lon qildi

© Commons.wikimedia / isafmediaBoyeviki dvijeniya Taliban
Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yarashuv 11-iyundan 19-iyunga qadar amal qiladi. Afg‘oniston prezidenti bu vaqtda faqatgina "Tolibon" harakati a’zolariga qarshi bosqinchilik operatsiyalari to‘xtatilishini aytgan

TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Afg‘oniston hukumatidan so‘ng Tolibon ham ro‘za hayiti munosabati bilan uch kunlik yarashuv e’lon qildi, bu haqda RIA Novosti Afg‘onistonning Pajhwok agentligiga tayanib xabar .

Afganistan - Sputnik O‘zbekiston
Sallivan toliblarni Afg‘oniston hukumati bilan hamkorlikka chaqirdi

"Tolibon" ham uch kunlik ro‘za-hayiti arafasida tinchlik sulhi haqida e’lon qildi", - deyiladi xabarda.

Ilgariroq Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani musulmonlar uchun muqaddas bo‘lgan Ramazon oyi yakuniga yetgani va ro‘za hayiti munosabati bilan payshanba kuni vaqtinchalik yarashuv haqida e’lon qilgan edi.

Yarashuv 11-iyundan 19-iyunga qadar amal qiladi. G‘anining so‘zlariga ko‘ra, yarashuv vaqtida mamlakat xavfsizlik kuchlari faqatgina "Tolibon" harakati a’zolariga qarshi bosqinchilik operatsiyalarini to‘xtatadi" hamda "ID" va xorijiy davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan boshqa terrorchilik uyushmalariga qarshi kurashni davom ettiradi".

Yangiliklar lentasi
0