Amerika kompaniyasi O‘zbekistonda biomateriallar laboratoriyasini ishga tushirmoqchi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishRabota za mikroskopom v laboratorii
Rabota za mikroskopom v laboratorii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda respublikadagi barcha bemorlarning yagona axborot bazasi yaratiladi

TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Amerikaning US Incorported kompaniyasi O‘zbekistonda keng miqyosdagi diagnostika tekshiruv tizimlarini ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Sog‘liqni saqlash vazirligidagi manbaning aytishicha, umumiy qiymati 10 million dollar bo‘lgan mazkur loyiha 2018-2019 yillar davomida ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda molekulyar diagnostika innovatsion laboratoriyasi, ikkinchi bosqichda esa barcha bemorlarning yagona axborot bazasi tashkil etiladi.

"Amerika texnologiyasi nafaqat inson biomateriallari (soch, tuk, teri, tirnoq, qon va boshqa narsalar), balki tuproq va suv namunalarini ham tadqiq qilish imkonini beradi. Uning uchun bioreagentlarni O‘zbekistonning o‘zida ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, uning yordamida jonivorlar kasalliklarini o‘rganish bo‘yicha xizmatlar ham ko‘rsatiladi", — dedi Amerika kompaniyasi vakili.

Respublikada ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladigan diagnostika tizimlari turli kasalliklarni dastlabki bosqichida aniqlash imkonini beradi va davolash samaradorligi oshadi. Manbaning ma’lum qilishicha, Amerika tomoni shuningdek, O‘zbekistonda ma’lum bir qismi xorijga eksport qilinadigan tibbiyot texnikasi ishlab chiqarishni ham tashkil qilmoqchi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyevdan tashxis: Sog‘liqni saqlash sohasida hali qiladigan ishlarimiz ko‘p

Tomonlar tez orada loyihani amalga oshirish va respublika hududida qo‘shma korxona tashkil etishni ko‘zlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan "O‘zfarmsanoat" konserni tugatilib, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tashkil etildi.

Agentlikka farmatsevtika korxonalari va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish, aholi va davlat sog‘liqni saqlash muassasalarini dori vositalari, tibbiyot buyumlari hamda tibbiyot texnikalari bilan ta’minlash dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha vazifalar yuklatildi.

Yangiliklar lentasi
0